Uzum Business qanday ishlaydi


Muhim: Agar sharh chop etilganiga 14 kundan ko'proq vaqt oʻtgan boʻlsa, uni bloklay olmaymiz



Yüklə 116,13 Kb.
səhifə31/41
tarix13.04.2023
ölçüsü116,13 Kb.
#96958
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   41
UZUM manuals website text

Muhim: Agar sharh chop etilganiga 14 kundan ko'proq vaqt oʻtgan boʻlsa, uni bloklay olmaymiz.
Sotuvchilar hamda do'konga aloqador shaxslar o'z mahsulotlariga sharhlar qoldirishi taqiqlanadi. Mahsulot sifati haqida foydali fikr bildirish o'rniga tovar reytingini oshirish maqsadida yaratilgan "qalbaki oshirish" sharhlarning turli sxemalari taqiqlanadi. Bunday sharhlar o'chiriladi va sotuvchiga nisbatan esa jarima qo'llanilishi mumkin.
Biz nohaq raqobatga qarshi faol kurashamiz va shubhali reytinglarni kuzatib boramiz, bunday sharhlarni tushuntirishsiz bloklash huquqini o'zimizda saqlab qolamiz.

#7.3 Xaridor bilan chat


Xaridorning chat orqali sotuvchi bilan to’g’ridan-to’g’ri muloqot qilishi, mahsulotga oid har qanday savolini berishi saytimizning o’ziga xos xususiyatlaridan biridir. Xaridorlar sizdan tovarlarning xususiyatlari haqida so'rashlari yoki, deylik, keyingi yetkazib berish sanasini bilishlari mumkin. Shuningdek, siz bunday suhbat orqali o'rtacha chekni oshirish uchun foydalanishingiz mumkin, masalan, mijozga uni qiziqtirgan mahsulotga qo'shimcha ravishda yana biror narsa sotib olishni maslahat bergan holda.
Tezkor javob mijozni do'koningizda ushlab qolishga yordam beradi - xaridor savollariga qanchalik tez javob bersangiz, xarid qilish ehtimoli shunchalik yuqori bo'ladi. Endi chatlar mijoz ilovasida mavjud, ularni topish uchun siz quyidagi qadmlarni bajarishingiz kerak:

  1. Mijozlar ilovasi (Google Play, App Store) da tizimga kirish uchun siz shaxsiy kabinetingizga kirish uchun qo'llanadigan foydalanuvchi nomi va parolni tering;

  2. “Profil” bo’limidan “Mening chatlarim” bo’limiga o’ting.

Ommaviy pochta jo'natmalari va spam yuborish uchun chatlardan foydalanish taqiqlanadi - ham mijozlar, ham sotuvchilar uchun. Bu qat'iy qoida bo'lib, uni buzganlik uchun hisobni bloklashimiz mumkin.

# Mijozlar bilan muloqot qilish bo'yicha umumiy tavsiyalar


Kuchli raqobat sharoitida kompaniyaning muvaffaqiyati bevosita mijozlarga ko'rsatiladigan e'tiborga bog'liq. Xizmat sifati qanchalik yuqori bo'lsa, mijozlar shunchalik tez-tez do'koningizga qaytib keladi va takroriy xaridlarni amalga oshiradilar. Mijozlar bilan muloqot qilishda quyidagi qoidalarga rioya qilishni tavsiya etamiz:
▪ chatda savollarga darhol javob bering, dastlabki 3 daqiqa ichida berilgan javob 80% xaridga aylanadi;
▪ qolipli matnlarisiz xaridorga shaxsan murojaat qiling;
▪ muloqotning ishbilarmonlik uslubini saqlashga harakat qiling - savodli, ixcham javoblar xaridorning nazarida tajribangizni oshiradi;
▪ do'stona munosabatda bo'ling: xaridorga yaxshi kayfiyat va samimiy g'amxo'rlik bilan murojaat qiling, shunda u sizning do'oningizga xarid uchun albatta qaytib keladi;
▪ ziddiyatli vaziyatda xaridor bilan bahslashmang - uning his-tuyg'ularini tushunishga va birgalikda baham ko'rishga harakat qiling, so'ngra yechim taklif qiling.
Har bir sharh va chatdagi murojaat -- bu sizning bajarayotgan ishingiz haqidagi qimmatli fikr-mulohaza manbai hisoblanadi. Kiruvchi ma'lumotlarni muntazam ravishda tahlil qilib, mahsulotingizni yaxshilashga harakat qiling.

Yüklə 116,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin