Uzum Business qanday ishlaydiSaytda va ilovada sotish uchun mo’ljallangan maxsus funksiya mavjud emas
Aylanmasi taqiqlangan yoki cheklangan tovarlarni sotish qoidalarini buzganlik uchun ma'muriy javobgarlik nazarda tutilgan, bundan tashqari, aybdorlarni jinoiy javobgarlikka tortish mumkin. Diqqat, Uzum platformasida brendning ro’yxatdan o’tgan tovar belgisidan asl nusxa sifatida ko’rsatilgan mualliflik huquqi egasining ruxsatisiz foydalaniladigan kontrafakt tovarlarni (“replikalar”, “nusxalar” deb ataladi) sotish qat’iyan man etiladi. Shuningdek, bu toifaga o’zgartirilgan logotipli, asl nusxalariga chalkash darajada o'xshash bo’lgan, tovarlar ham kiradi. Mualliflik huquqi egalaridan da'volar kelib tushgan taqdirda, oferta shartnomasiga ko'ra, ushbu da'volar bo'yicha javobgar har doim Komitent, ya'ni sotuvchi bo'ladi. Bizning platformamiz sizni o'z brendingizni yaratishga undaydi, chunki – bu uzoq muddatli rivojlanish va sodiq mushtariylarni jalb qilish uchun yaxshi asosdir. Quyidagi havolalar sizga onlayn tijoratni tartibga soluvchi qoidalar haqida ma'lumot beradi: "Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish to'g'risida" 2.4 Sifat sertifikati Siz mahsulot sifatini tasdiqlovchi hujjatlarni yuklamasdan sotishingiz mumkin. Biroq, agar mahsulotingiz majburiy sertifikatlash toifasiga kirsa, xaridorlar va Uzum sizdan hujjatlarni so’rashga haqli, ular so’rov olinganidan keyin uch ish kuni ichida taqdim etilishi kerak. Javob berilmagan yoki rad etilgan taqdirda, hujjatlar taqdim etilgunga qadar muammoli tovarlarni sotuvdan yashirish huquqiga egamiz. Shu sababli, Uzum marketpleysida ma'lum bir mahsulotni sotish to'g'risida qaror qabul qilishdan oldin, uning majburiy ravishda sertifikatlanishi kerakmi yoki yo'qligini aniqlash kerak. Yüklə 116,13 Kb. Dostları ilə paylaş: |