Amir Temur poraxo‘rlarni qanday jazolagan? Android qurilmalar uchun Zarnews uz mobil ilovasi



Yüklə 91,97 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix29.03.2023
ölçüsü91,97 Kb.
#91237
Amir Temur poraxo rlarni qanday jazolagan



Amir Temur poraxo‘rlarni
qanday jazolagan?
Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi.
Yuklab olish 
x
Tarixiy manbalarga ko‘ra, Sohibqiron bobomiz o‘z
davlatida korrupsiyaga qarshi keskin kurashgan. U
hukmdorga xiyonat, poraxo‘rlik, mansabini suiiste’mol
qilish, xalq manfaatidan o‘z manfaatini ustun qo‘yish
singari o‘ta xavfli illatlarni qat’iy choralar bilangina
bartaraf etish mumkin, deb hisoblagan.


Bir misol, Amir Temur har gal safardan qaytganda
Samarqand aholisining ahvolidan xabar olgan va ma’lum
kunlarda arzchilarni qabul qilgan. Shu orqali, ya’ni qabul
vaqtida shahar hokimi va amaldorlar oddiy xalqqa
nisbatan qanday muomala qilayotganini bilib olgan.
Sohibqiron o‘tkazgan qabullardan biri to‘g‘risidagi
ma’lumotlar bugungi davrimizgacha saqlanib qolgan.
Unda yozilishicha, oddiy dehqonlardan bir guruhi
miroblar ishidan norozi bo‘lgan. Negaki, miroblar
ariqlarni to‘sib, kim pora bersa, shunga suv ochib bergan,
porasiz hech kimga suv bermay qo‘yishgan. Amir Temur
bu qing‘irlikni odam o‘ldirish kabi og‘ir jinoyat bilan
teng, deb hisoblagan.
Shu sabab bu og‘ir jinoyatni ko‘rib chiqishda xolis
kishilarni – sayyidlarni chaqirib, ular bilan
maslahatlashgan. Ular ishtirokida o‘z nafsiga qul bo‘lgan
miroblarga odil hukm chiqarib, aybdorlarni Zarafshon
daryosiga tashlab yuborishga farmon bergan ekan.
Manbalarga ko‘ra, Amir Temur qat’iy choralarni yirik
mansabdorlarga nisbatan ham qo‘llagan. U lavozimini
suiiste’mol qilib, davlat va xalq haqiga xiyonat qilgan
shaxslarni qanday mansab egasi bo‘lishidan qat’i nazar,
jazosiz qoldirmagan.


1404 yili Samarqandda bo‘lgan Ispaniya qiroli Genrix III
ning elchisi Lui Gonsales de Klavixo Amir Temurning
1404 yil 9 oktyabr kuni mansabini suiiste’mol qilib,
davlatga xiyonat qilgan amaldorlarni jamoatchilik ko‘z
oldida jazolagani haqida guvohlik bergan.
«U, – deb yozadi Klavixo. – Samarqand imperiyasida
eng katta odam edi. Temurbek bundan olti yilu o‘n bir oy
avval uni alkald (vazir) etib tayinlab ketgan edi. U bo‘lsa
shu vaqt ichida mansabini suiiste’mol qildi».
Bu inson shaharning bosh maydonida qatl qilinadi.
Nizomiddin Shomiyning «Zafarnoma»sida bayon
etilishicha, Amir Temur olim-ulamolar bilan
suhbatlaridan birida so‘zlagan nutqida: «Mamlakatning
ahvoli, devonning suiiste’mol qilinganligi va
qilinayotganligi, oddiy odamlarning joylardagi hokimlar
tomonidan qisib qo‘yilishi kabi hollar ham mendan ko‘ra
sizlarga ayondir. Shular haqida ma’lumot bersangizlar,
bu kabi adolatsiz ishlarni bartaraf etuvchi hamda shariat
va qonunlarga muvofiq chora-tadbirlarni aytsangizlar
yaxshi bo‘lur edi», deydi.
Bundan ko‘rinadiki, Amir Temur korrupsiyaga qarshi
kurashda ilm ahlining faolligi muhim o‘ringa ega, deb
hisoblagan. Bugungi kun bilan solishtirganda sohibqiron
bobomiz o‘sha davrlardayoq oshkaralik va jamoatchilik


nazoratiga keng yo‘l ochib berishni maqsadga muvofiq,
deb bilgan.
Ismatilla YO‘LDOShEV,
prokuratura faxriysi.
PDF's generated at: Tue Nov 16 2021 20:24:05
GMT+0000 (Coordinated Universal Time)
Source: 
https://zarnews.uz/uz/post/amir-temur-
poraxorlarni-qanday-jazolagan

Yüklə 91,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin