Tovar nomi ikki tilde to’ldirilgan bo’lishi kerak: o’zbek tilida (lotin alifbosida) va rus tilida (kirill alifbosida). Barcha nomlar moderatsiya jarayonidan o’tadi va quyidagi talablarga javob berishi shart:
Mahsulot turini o'z ichiga olishi (masalan: paypoq, qaychi, krujka, smartfon).
Mahsulotgamos kelishi (“Uzuklar” kartasida masalan, soch turmagi taqinchog’I sotilmasligi kerak).
Bosh harf bilan boshlanishi.
Trkibida qisqartmalar bo’lmasligi.
Kartochkalarni loyihalashning umumiy qoidalariga rioya qilishi.
Tovar nomi ushbu sxema bo'yicha tuzilishi kerak: mahsulot turi + brend + model + asosiy xususiyati. Tovar nomi juda ham qisqa bo’lmasligi kerak, kamida uchta so'zdan iborat bo’lishi. Nom qanchalik qisqa bo'lsa, raqobatchining aynan bir xil nomga ega bo'lgan mahsuloti borligi ehtimoli shunchalik yuqori bo'ladi, Yandex va Google qidiruv tizimlarida esa nomning yetarli miqdorda ko’rsatilishlar soni ehtimoli shunchalik past bo'ladi.
Mahsulotingizga mos keladigan asosiy xususiyatlarni tasvirlaydigan so’zlar bilan noyob nom yozing, lekin bunday noyob so’zlarni katta darajada ishlatmang. Mahsulot nomi yaxshi tuzilgan bo'lishi va bir xil turdagi kalit so'zlar ro'yxati bo'lmasligi kerak - keraksiz so'zlarning ko'pligi xaridorlarning diqqatini muhim narsaga qaratishiga to'sqinlik qiladi.
Agar sizning bitta mahsulot kartangizda bir nechta asosiy xususiyatlar mavjud bo'lsa (masalan, bir nechta kattalikdagi paypoq yoki to'rtta rangli ko’z surmasi), unda sarlavhada faqat xususiyatlarning umumiy sonini (o'lchamlar yoki ranglar soni) ko'rsating. Agar faqat bitta xususiyat mavjud bo'lsa, uni sarlavhada ham ishlating.
Keling, ushbu qoidalarni turli toifadagi aniq misollar bilan tahlil qilaylik: