13
1-topshiriq.
Xalqaro huquq subyektlariga va ba’zi
mamlakatlarning
agressiyasiga misollar keltiring.
«O‘zbekiston — xalqaro munosabatlarning teng huquqli subyektidir»
konstitutsiyaviy prinsipi O‘zbekiston Respublikasining zamonaviy olamdagi
o‘rnini ko‘rsatibgina qolmay, davlatimiz jahon hamjamiyatining ajralmas qismi
ekanini amalda tasdiqlaydi.
XALQARO OMMAVIY VA SHAXSIY HUQUQ
Zamonaviy xalqaro huquq ommaviy va shaxsiy qismlarga bo‘linadi.
Xalqaro ommaviy huquq
davlatlar va ommaviy
hukumatni taqdim etadigan
siyosiy tashkilotlar, shuningdek xalqaro tashkilotlar o‘rtasidagi munosabatlarni
tartibga soladi.
Shaxsiy huquq
xorijiy, jismoniy va yuridik shaxslar qatnashgan fuqaro-
lik-huquqiy munosabatlarni tartibga soladi. Masalan,
turli davlatlarga tegishli
firmalar o‘rtasidagi munosabatlar, turli mamlakatlar fuqarolarining nikoh tuzi-
shi va hokazolar.
Xalqaro huquqiy me’yorlar bilan tartibga solinadigan huquqiy muno-
sabatlarda qatnashish uchun yuridik maqomga ega shaxslar xalqaro huquqning
subyektlari hisoblanadi.
BMT Bosh Assambleyasi Rezolyutsiyasining 1-moddasida
aytilishicha,
bir davlat tomonidan boshqa davlatning suvereniteti,
hududiy daxlsizligi yoki
siyosiy mustaqilligiga qarshi harbiy kuch qo‘llashi yoki Birlashgan Millatlar
Tashkilotining Ustaviga zid keladigan boshqa tazyiq o‘tkazishi
agressiya
deb
nomlanadi.
Dostları ilə paylaş: