V. А. Kostetskiy



Yüklə 3,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/104
tarix20.11.2023
ölçüsü3,21 Mb.
#166505
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   104
10 sinf huquq tahrirlangan

2-topshiriq. 
O‘ylab ko‘rib, javob bering: 
1.
Huquqiy madaniyatga ega kishining axloqiy-ma’naviy qa- 
rashlari qanday bo‘lishi kerak? 
2.
Uning bilim va ko‘nikmalari qanday bo‘lishi zarur? 
3.
«Huquqqa munosabat» deganda nima tushuniladi? 
4.
Sizningcha huquqiy munosabatlarda kishining xatti-hara- 
katlari qanday bo‘lishi kerak? 
3-topshiriq. 
Quyidagi vaziyatlarni ko‘rib chiqing va ularda bayon 
etilgan xatti-harakatlar qonun talablariga zid kelishi yoki 
kelmasligini aniqlang. O‘z fikringizni ayting. 
 
1-vaziyat. 
Sud majlisi zalida fuqaro K. ga nisbatan jinoyat ishi ko‘rib 
chiqilayotgandi. Sud majlisi jarayonida K. ishni olib borayotgan 
sudya M.ni tinmay haqoratlar, uning obro‘yi va sha’nini kamsitib, 
so‘kinardi. Sudyaning sud majlisi zalida tartib saqlanishi haqidagi 
qonuniy talablariga amal qilmay, K. ozodlikka chiqqach, sudyaga 
nisbatan qotillik sodir etishini aytib po‘pisa qila boshladi. Faqat 
sud majlislari zalidan konvoy yordamida chiqarib yuborilganidan 
keyingina K.ning harakatlari tugatildi. 
K. o‘z harakatlari bilan boshqalarning huquqlarini buz- 
gan, deb hisoblash mumkinmi? U qonunni buzganmi yoki 
axloq me’yorlarinimi? 



 
4-topshiriq. 
Quyidagi maqol va matallarni huquqiy ong bilan bog‘lang: 

Qonun — qonundir. 

Qonun bor joyda himoya ham bor. 
2-vaziyat. 
Uyni topshirishga tayyorgarlik ko‘rilayotganda, qurilish rah- 
bari K. to‘plangan maishiy chiqindilarni olib borib o‘rmonga 
to‘kishga ko‘rsatma berdi. Chiqindilarni to‘kishga ulgurgan hay- 
dovchi V. o‘rmon qo‘riqchisi tomonidan qo‘lga olindi. Haydovchi 
V. maishiy chiqindilarni o‘rmonga to‘kish buyrug‘ini qurilish rah- 
baridan olganini tushuntirdi. 

Yüklə 3,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin