6
Konstitutsiyada respublikaning suvereniteti
mustahkamlanishi bilan
O‘zbekiston chinakam mustaqillikka va erkinlikka erishdi, yer, yer osti boy-
liklari, boshqa tabiiy zaxiralar, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va intellektual imko-
niyatlar milliy boylikka aylandi, o‘zbek xalqining asl tarixi va madaniyati qad
rostladi,
shoirlar, muallimlar, mutafakkirlar, davlat
arboblarining pok nomlari
tiklandi. Insonning huquq va erkinliklari Konstitutsiya va qonunlar tomonidan
himoyalangan.
Davlat mustaqillikka erishgani, BMTga va boshqa xalqaro tashkilotlarga
a’zo bo‘lgani O‘zbekistonga mustaqil
tashqi siyosat yuritish, xalqaro muno-
sabatlar yo‘nalishlari va muhim tomonlarini belgilash imkonini berdi.
Konstitutsiyaning 1-moddasida mamlakatimiz suvereniteti xalqaro de-
mokratik qadriyatlarga uzviy bog‘liqligi namoyon
etildi va shuning uchun
O‘zbekiston nafaqat suveren, shu bilan birga demokratik respublika deb e’lon
qilindi.
HUQUQIY MADANIYAT HAMDA UNING SHAXS
VA DAVLAT BILAN UZVIY BOG‘LIQLIGI
Yurtimizda olib borilayotgan islohotlar samaradorligini yanada oshirish,
davlat va jamiyatning har tomonlama va jadal rivojlanishi uchun shart-sha-
roit
yaratish, mamlakatimizni modernizatsiya qilish hamda hayotning bar-
cha sohalarini liberallashtirish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlarni amalga oshi-
rish maqsadida mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2017–
2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning
beshta ustu- vor
yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi e’lon qilindi.
Strategiyaning ikkinchi yo‘nalishi «Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-
huquq tizimini yanada isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlari» deb nomlanadi.
Mazkur yo‘nalishda quyidagi tadbirlar amalga oshirilishi belgilangan:
—
sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini ta’minlash, sudning nufu-
zini oshirish, sud tizimini demokratlashtirish va
takomillashtirish;
—
fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatla-
rini ta’minlash;
—
ma’muriy, jinoyat, fuqarolik va xo‘jalik qonunchiligini takomillashti-
rish;
—
jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish
tizimini takomillashtirish;