V. А. Kostetskiy



Yüklə 3,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/104
tarix20.11.2023
ölçüsü3,21 Mb.
#166505
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   104
10 sinf huquq tahrirlangan

OQ YO‘L! 



 
I-BO‘LIM. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI — 
XALQARO HUQUQ SUBYEKTI
 
 
 
1-
 
§. HUQUQ — SHAXS VA DAVLAT MUNOSABATLARINING 
MUSTAHKAM ASOSI
 
SHAXS VA DAVLAT O‘ZARO MUNOSABATLARINING 
KONSTITUTSIYAVIY-HUQUQIY ASOSI 
Fuqarolar bilan davlat o‘zaro huquqlar va majburiyatlar orqali uzviy 
bog‘liqdir. Shaxs, jamiyat va davlat — bu uchala asosiy qadriyat Konstitut- 
siyada belgilab qo‘yilgan. 
Konstitutsiya fuqaro, jamiyat va davlat hokimiyati o‘rtasidagi munosabatlar- 
ni belgilovchi o‘ziga xos ijtimoiy shartnomadir. Konstitutsiya fuqarolarning umu- 
miy teng huquqliligi, fuqaro va davlat o‘rtasidagi munosabatlarda o‘zaro mas’ulligi 
g‘oyasiga asoslanadi. Davlat faoliyatining asosiy maqsadi xalqqa xizmat qilishdir. 



O‘zbekiston Respublikasida O‘zbekiston Respublikasining 
Konstitutsiyasi va qonunlarining ustunligi so‘zsiz tan olinadi. 
Davlat va uning organlari, boshqa tashkilotlar, mansabdor 
shaxslar, fuqarolik jamiyati institutlari hamda fuqarolar 
Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq ish yuritadilar. 
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 15-modda. 
O‘zbekistonning asosiy qonuni davlatga, uning hukumat organlariga, man- 
sabdor shaxslarga, jamoatchilik birlashmalariga va fuqarolarga Konstitutsiya va 
qonunlarga muvofiq faoliyat yuritish majburiyatini yuklaydi. 
109-moddaga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti 
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga rioya 
etilishining kafilidir. 
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASI 
MAMLAKAT MUSTAQILLIGINING HUQUQIY ASOSI 
O‘zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi davlatimiz mustaqilligi- 
ning huquqiy zamini, xalq xohish-irodasining oliy ifodasi. Har bir davlat Aso- 
siy qonunida birinchi o‘rinda o‘zining boshqaruv shaklini ifoda etishi lozim. 
Chunki davlatning siyosiy-huquqiy maqomi belgilanmay turib, jamiyatning ijti- 
moiy-siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy va madaniy hayotining ustuvor yo‘nalishlariga 
oid qoidalarni aniqlashtirish mantiqsiz bo‘lar edi. 
1-topshiriq. 
Kun davomida nima bilan mashg‘ul bo‘lishingizni eslang: 
maktabga borasiz, ta’lim olasiz, maktabning ijtimoiy hayotida 
(sport va boshqa to‘garaklarda) qatnashasiz, uyga qaytasiz. Qan- 
day hollarda davlat bilan munosabatlarga kirishishingizni sanab 
o‘ting va bu sizga shaxsan qanday ta’sir ko‘rsatishini ayting. 
Davlat xalq irodasini ifoda etib, uning manfaatlariga xiz- 
mat qiladi. Davlat organlari va mansabdor shaxslar jamiyat va 
fuqarolar oldida mas’uldirlar. 

Yüklə 3,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin