V. А. Kostetskiy



Yüklə 3,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/104
tarix20.11.2023
ölçüsü3,21 Mb.
#166505
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   104
10 sinf huquq tahrirlangan

Bilimingizni sinang! 
1.
Huquq tushunchasiga ta’rif bering. 
2.
Huquq me’yorlari odamlar orasida umumqabul qilingan qan- 
day munosabatlarni tartibga soladi? 
3.
Umuminsoniy qadriyatlar va o‘zaro munosabatlar me’yorlari 
huquqda qanday aks ettiriladi va mustahkamlanadi? 
4.
Nima uchun huquq insonni o‘z erkinliklarini cheklashga maj- 
burlaydi? 
5.
«Huquqiy davlat» tushunchasiga ta’rif bering. 
Huquqiy davlat — 
huquq va qonunning ustuvorligi hamda 
sud mustaqilligi ta’minlanadigan, inson huquqlari va erkin- 
liklari kafolatlanadigan, davlat hokimiyatining tizimi qonun 
chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlariga bo‘linishi prin- 
sipi asosida amalga oshiriladigan davlatdir. 


31 
7-§. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI 
KONSTITUTSIYAVIY TUZUMINING ASOSLARI
 
 
 
 
 
KONSTITUTSIYAVIY TUZUMNING TARKIBI 
Konstitutsiyaviy huquq sohasi har bir mamlakat milliy huquq sohasining 
tarkibiy qismi, davlat va jamiyat hayotining muhim jihatlari, asosiy ijtimoiy 
munosabatlar tizimi hisoblanadi. Ushbu ijtimoiy munosabatlar, o‘z navbatida 
jamiyat hayotining siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va ma’naviy sohalarida 
namoyon bo‘ladi. 
Shu bilan birgalikda, ushbu ijtimoiy munosabatlar amalda jamiyat hayo- 
tini yo‘lga qo‘yish, davlat hokimiyatini amalga oshirish, boshqa ijtimoiy 
hokimiyatlar maqomini belgilash, shuningdek inson va fuqarolar huquq, er- 
kinlik hamda burchlari bilan bevosita bog‘liq. Bir so‘z bilan aytganda, inson, 


32 
fuqaro, jamiyat va davlat hayoti bilan bog‘liq eng asosiy ijtimoiy munosabat- 
lar tizimi konstitutsiyaviy huquqning asosi hisoblanadi va aynan shu muno- 
sabatlar zamirida konstitutsiyaviy tuzum asoslari vujudga keladi, shakllanadi 
va rivojlanadi. 
Mamlakatimiz milliy huquq tizimida O‘zbekiston Respublikasining konsti- 
tutsiyaviy tuzumi deb keng ma’noda konstitutsiya va qonunlar asosida quril- 
gan, umuminsoniy qadriyatlar ustuvor deb topilgan xalqimizning hayot tarzi 
tushuniladi. 
Konstitutsiya va qonunlarning ustuvorligi, ularda inson huquq va er- 
kinligining eng oliy qadriyat sifatida mustahkamlanishi, xalqaro huquqning 
kabi qoidalar bugungi kunda 
Konstitutsiyaviy huquq milliy huquq tizimidagi ko‘plab huquq tarmoqla- 
ridan biri hisoblanadi. Biroq ta’kidlash joizki, huquq fanida «konstitutsiyaviy 
huquq» atamasi turli ma’nolarda qo‘llaniladi. Bir tomondan, bu huquqning aniq 
bir tarmog‘i, bunda «konstitutsiyaviy huquq» huquqning ko‘plab xilma-xil tar- 
moqlaridan biri sifatida qatnashadi. Ikkinchi tomondan, mazkur atama «konsti- 
tutsiyaviy huquq»ning yuridik fan tarkibiy qismi sifatidagi mazmunini ochib 
beradi. Uchinchidan esa, bu atama ostida ta’lim muassasalarida o‘rganiladigan 
o‘quv predmeti tushuniladi. 
Huquqning tarmog‘i sifatida konstitutsiyaviy huquq jamoatchilik mu- 
nosabatlarini tartibga soladi. Fan sifatida davlat qurilishi, shaxs va fuqaro- 
ning huquqiy maqomi, davlatning faoliyati, tuzilishi va hokazolarni o‘rga- 
nadi. O‘quv predmeti sifatida esa ma’rifatchilik vazifasini bajaradi va sohada 
to‘plangan bilimlarni tarqatadi. 

Yüklə 3,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin