V. А. Kostetskiy



Yüklə 3,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/104
tarix20.11.2023
ölçüsü3,21 Mb.
#166505
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   104
10 sinf huquq tahrirlangan

Fuqarolarning 
qonun oldida 
teng huquqliligi 
O‘zbekiston Respublikasining barcha fuqarolari bir xil 
huquqqa va erkinlikka egadirlar hamda qonun oldida 
teng huquqlidirlar. 

Demokratiya 
Fuqarolarning jamoat va davlat ishlarini boshqarishda 
ishtirok etish imkoniyatlari va huquqlarini bildiradi. 

Gumanizm 
(insonparvarlik) 
Insonning eng yuksak qadr-qimmatini tan olish va uning 
obro‘-e’tiborini hamda huquqi va erkinligi daxlsizligini 
hurmat qilishdir. 

Adolat 
Inson shaxsiga, uning jinsi, irqi, millati va ijtimoiy kelib 
chiqishidan qat’i nazar, xolis va beg‘araz munosabatda 
bo‘lish. 

Ayb uchun 
javobgarlikning 
muqarrarligi 
Ma’muriy qonunbuzarlik qilgan bironta shaxs javobgar- 
likka tortilmay qolmaydi. 
Ma’muriy huquq 
– huquq tizimining mustaqil tarmog‘i 
sifatida davlat boshqaruvini tashkil etish va amalga oshirish 
jarayonida yuzaga keladigan ijtimoiy munosabatlarni tartibga 
soluvchi huquqiy normalar yig‘indisidan iborat. 


43 
Ma’muriy huquq manbalari sirasiga: 

O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi; 

Konstitutsiyaviy qonunlar; 

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis palatalarining qarorlari; 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari; 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, vazir- 
liklar, davlat qo‘mitalari va idoralarining yo‘riqnomalari, nizomlari; 

mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari kiradi. 
MA’MURIY HUQUQ SUBYEKTLARI 
Ma’muriy huquq ijtimoiy sohaning turli sohalarini tartibga soladigan 
davlat hukumat organlarining faoliyati bilan chambarchas bog‘liq. Jamiyatning 
hayoti boshqaruvga muhtoj, chunki sanoat ham, qishloq xo‘jaligi ham, mada- 
niyat va ma’rifat ham o‘z-o‘zidan rivojlanmaydi. 
Prezident, davlat boshqaruvi organlarining xizmatchilari, korxonalar, 
muassasalar, tashkilotlarning mansabdor shaxslari va xizmatchilari, 16 yoshga 
to‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, chet elliklar va fuqaroligi bo‘lma- 
gan shaxslar, jamoat birlashmalari ma’muriy huquq subyektlari hisoblanadi. 


44 
Davlat hokimiyatining oliy idorasi — Oliy Majlis qanday qonunlar qa- 
bul qilmasin (harbiy majburiyat, ta’lim tizimini isloh qilish, qo‘shma korxo- 
nalar, ijara yoki onalik va bolalikni muhofaza qilish va hokazo), ularning har 
biri ro‘yobga chiqarilishi kerak. Davlat boshqaruvining mahalliy va markaziy 
idoralari buning uchun shart-sharoit yaratadi. Davlat boshqaruvining markaziy 
idoralariga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi Vazirlar Kengashi, O‘zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari kiradi. 
Ularning har biri iqtisodiyot, madaniyatning alohida tarmoqlarini boshqa- 
radi. Masalan, Ichki ishlar vazirligi mamlakatda huquq-tartibotni ta’minlash bi- 
lan bog‘liq masalalarni hal etadi, Xalq ta’limi vazirligi esa ta’lim muassasalari 
faoliyatiga rahbarlik qiladi va hokazo. 
Mahalliy hokimiyat idoralariga hokim boshchiligidagi hokimliklar kira- 
di, ular viloyat, shahar yoki tumanda ijroiya va farmoyish chiqarish hokimiyati 
bo‘lib, kundalik tezkor ishlarni bajaradi. 
Ijtimoiy muammolarni hal etishda jamoat tashkilotlari ham ishtirok etadi. 
Mahalliy muammolarni hal etishda o‘zini o‘zi boshqaruvchi mahalliy idoralar, 
masalan, fuqarolar yig‘inlari va oqsoqollar, kasaba uyushmasi qo‘mitalari va 
hokazolar katta ahamiyatga ega. Ular o‘z vazifalarini ko‘ngillilik asosida ba- 
jaradilar. Jamoat tashkilotlarining qarorlari faqat ana shu tashkilotga kiruvchi 
fuqarolar uchun majburiydir. 



Yüklə 3,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin