V. А. Kostetskiy



Yüklə 3,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/104
tarix20.11.2023
ölçüsü3,21 Mb.
#166505
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   104
10 sinf huquq tahrirlangan

XALQ HOKIMIYATCHILIGI 
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq xalq davlat hokimiyati- 
ning birdan-bir manbayidir. 
Demos 
(
yunoncha
) – «xalq», 
kratos 
– «boshqaruv» de- 
gan ma’noni bildiradi. Demak, demokratiya – xalqning xohish-irodasini aks ettira- 
di. Demokratiya – insonning davlat ishlarini hal qilishda yashirin ovoz berish orqali 
yoki boshqa shaklda bevosita ishtirok etishidir. Vakillik demokratiyasi — insonning 
davlat ishlarini hal etishda o‘zi saylagan vakillari, ya’ni deputatlar orqali ishtirok 
etishidir. Shuning uchun ham O‘zbekiston xalqi nomidan faqat u saylagan respubli- 
ka Oliy Majlisi va Prezidenti ish olib borishga haqli. 
Bevosita demokratiya shakllari xalq suverenitetining aniq ifodasi sifatida 
maydonga chiqadi. Davlat va boshqa ijtimoiy hokimiyatlar xalq irodasiga bilvo- 
sita xizmat qilsa, bevosita demokratiya shakllari, ya’ni referendum va xalq mu- 
hokamasi kabi siyosiy tadbirlar xalq hokimiyatchiligining negizi hisoblanadi. 
Insonparvarlik prinsipi shuni bildiradiki, respublikamizdagi 
barcha fuqarolar umumiy asosda teng huquqlardan foydalanadi- 
lar va teng majburiyatlarga ega bo‘ladilar. 


38 
O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyatining faoliyati inson huquqlari- 
ni himoya qilish, ta’minlash va kafolatlashdan iborat bo‘lib, mazmunan yan- 
gi konstitutsiyaviy tuzum yaratish borasida amalga oshirilgan barcha islohotlar 
zamirida «Islohotlar – islohot uchun emas, avvalo inson uchun, uning manfaat- 
lari uchun» deb yuritilgan hayotiy shior yotadi. O‘zbekiston Respublikasining 
Konstitutsiyasida mustahkamlangan normalar yuqorida keltirilgan vazifalarni 
bajarish uchun asos bo‘ladi. 
FUQAROLARNING SIYOSIY HUQUQLARI 
Fuqarolarning huquqlari va erkinliklari tizimida siyosiy huquqlar alohida 
o‘rin egallaydi, chunki bu huquqlar fuqarolarning davlatni va jamiyat ishlarini 
boshqarishidagi ishtiroki bilan bog‘liqdir. 
Siyosiy huquq va erkinliklar deyilganda insonlarning bevosita siyosiy man- 
faatlariga tegishli huquqlar tushuniladi. Siyosiy huquqlar shaxsning siyosiy ja- 
rayon va davlat hokimiyatini amalga oshirishda ishtirok etish imkoniyatlarini ifo- 
dalaydi. Siyosiy huquq va erkinliklar insonning davlat fuqaroligiga ega bo‘lishi 
bilan bog‘liqdir. Fuqarolarning davlat ishlarini boshqarishda, davlat hokimiyati 
organlari va mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlarini saylov yo‘li bilan shakl- 
lantirishda ishtirok etish huquqi eng muhim siyosiy huquqlardan biri hisoblanadi. 
Fuqarolarning davlat va jamiyat ishlarini boshqarishda ishtirok etish 
huquqi demokratik huquqiy davlatning muhim prinsiplaridan biridir. Konsti- 
Xalq davlat hokimiyatining birdan-bir manbaidir. 
Oʻzbekiston 
Respublikasida 
davlat 
hokimiyati 
xalq 
manfaatlarini 
koʻzlab 
va 
Oʻzbekiston 
Respublikasi 
Konstitutsiyasi hamda uning asosida qabul qilingan qonunlar 
vakolat bergan organlar tomonidangina amalga oshiriladi. 
Konstitutsiyada nazarda tutilmagan tartibda davlat 
hokimiyati vakolatlarini oʻzlashtirish, hokimiyat organlari 
faoliyatini toʻxtatib qoʻyish yoki tugatish, hokimiyatning yangi 
va 
muvoziy 
tarkiblarini 
tuzish 
Konstitutsiyaga 
xilof 
hisoblanadi va qonunga binoan javobgarlikka tortishga asos 
boʻladi.

Yüklə 3,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin