38
O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyatining faoliyati inson huquqlari-
ni
himoya qilish, ta’minlash va kafolatlashdan iborat bo‘lib, mazmunan yan-
gi konstitutsiyaviy tuzum yaratish borasida amalga oshirilgan barcha islohotlar
zamirida «Islohotlar – islohot uchun emas, avvalo inson uchun, uning manfaat-
lari uchun» deb yuritilgan hayotiy shior yotadi. O‘zbekiston Respublikasining
Konstitutsiyasida mustahkamlangan normalar yuqorida
keltirilgan vazifalarni
bajarish uchun asos bo‘ladi.
FUQAROLARNING SIYOSIY HUQUQLARI
Fuqarolarning huquqlari va erkinliklari tizimida
siyosiy huquqlar alohida
o‘rin egallaydi, chunki bu huquqlar fuqarolarning davlatni va jamiyat ishlarini
boshqarishidagi ishtiroki bilan bog‘liqdir.
Siyosiy huquq va erkinliklar deyilganda insonlarning bevosita siyosiy man-
faatlariga tegishli huquqlar tushuniladi. Siyosiy huquqlar shaxsning siyosiy ja-
rayon va davlat hokimiyatini amalga oshirishda ishtirok etish imkoniyatlarini ifo-
dalaydi. Siyosiy huquq va erkinliklar insonning davlat fuqaroligiga ega bo‘lishi
bilan bog‘liqdir. Fuqarolarning davlat ishlarini boshqarishda, davlat hokimiyati
organlari va mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlarini saylov yo‘li bilan shakl-
lantirishda ishtirok etish huquqi eng muhim siyosiy huquqlardan biri hisoblanadi.
Fuqarolarning davlat va jamiyat ishlarini boshqarishda ishtirok etish
huquqi demokratik huquqiy davlatning muhim prinsiplaridan biridir. Konsti-
Xalq davlat hokimiyatining birdan-bir manbaidir.
Oʻzbekiston
Respublikasida
davlat
hokimiyati
xalq
manfaatlarini
koʻzlab
va
Oʻzbekiston
Respublikasi
Konstitutsiyasi hamda uning asosida
qabul qilingan qonunlar
vakolat bergan organlar tomonidangina amalga oshiriladi.
Konstitutsiyada nazarda tutilmagan tartibda davlat
hokimiyati vakolatlarini oʻzlashtirish,
hokimiyat organlari
faoliyatini toʻxtatib qoʻyish yoki tugatish, hokimiyatning yangi
va
muvoziy
tarkiblarini
tuzish
Konstitutsiyaga
xilof
hisoblanadi va qonunga binoan javobgarlikka tortishga asos
boʻladi.
Dostları ilə paylaş: