3
O‘QUVCHILARGA
Mamlakatimizda mustaqillik yillarida amalga oshirilgan keng ko‘lamli
islohotlar milliy davlatchilik
va suverenitetni mustahkamlash, xavfsizlik va
huquq-tartibotni, davlatimiz chegaralari daxlsizligini, jamiyatda qonun ustuvor-
ligini, inson huquq va erkinliklarini, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikeng-
lik muhitini ta’minlash uchun muhim poydevor bo‘ldi,
xalqimizning munosib
hayot kechirishi, fuqarolarimizning bunyodkorlik salohiyatini ro‘yobga chiqa-
rish uchun zarur shart-sharoitlar yaratdi.
Tez va shiddat bilan o‘zgarayotgan dunyoda inson ongi uchun kurash to-
bora kuchayib borayotgan davrda jinoyatchilik va
huquqbuzarliklarning oldi-
ni olish, diniy ekstremizm va terrorizmga, uyushgan jinoyatchilikning boshqa
shakllariga qarshi kurashish bo‘yicha tashkiliy-amaliy
choralarni kuchaytirish
kun tartibidagi eng dolzarb masalalardan biri bo‘lib qoldi. Shu ma’noda mus-
taqillikning dastlabki yillarida boshlangan ishlarning mantiqiy davomi sifatida
2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustu-
vor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida aholining huquqiy madaniya-
tini yuksaltirish va huquqiy ongini oshirish masalalari ham alohida tamoyil si-
fatida o‘z aksini topdi. «Davlat va huquq asoslari» o‘quv fanining o‘z
oldiga
qo‘ygan asosiy maqsadi o‘quvchilarning huquqiy madaniyatini yuksaltirishdan
iboratdir.
Aziz o‘quvchi! Quyi sinflarda siz davlat va huquqning kelib chiqishi,
davlat shakllari,
xalq hokimiyatchiligi, huquqiy normalar, huquq sohalari,
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, uning tuzilishi, maqsad va vazifalari
haqida bilimlarga ega bo‘lgansiz. Bu darslikda berilgan
bilimlar esa huquqiy
bilimlaringizni oshirishga hamda mamlakatimizda amalda bo‘lgan huquq soha-
lari bilan tanishishingizga yordam beradi. Darslikdagi amaliy topshiriqlar orqali
olgan bilimlaringizni mustahkamlaysiz.
Dostları ilə paylaş: