11
Xalqaro huquq funksiyalari
deganda xalqaro huquqning xalqaro-huquqiy
tartibga solish predmeti bo‘lgan munosabatlarga ta’sirining asosiy yo‘nalishla-
rini tushunish lozim.
Quyidagi funksiyalar alohida ajratib ko‘rsatiladi:
1)
barqarorlashtiruvchi
— xalqaro huquqiy normalar jahon hamjamiyatini
uyushtirishi, muayyan xalqaro huquqiy tartibni belgilashi, uni mustahkamlashi
va yanada barqarorlashtirishi lozim;
2)
tartibga soluvchi
— uni amalga oshirish orqali xalqaro huquqiy tartibga
erishiladi, tegishli
ravishda, ijtimoiy munosabatlar
tartibga solinadi;
3)
muhofaza etuvchi
— xalqaro huquqiy munosabatlarning tegishli ravish-
da muhofaza etilishi demakdir. Xalqaro majburiyatlar
buzilganida xalqaro
huquqbuzarliklar subyektlari xalqaro huquq tomonidan ruxsat etilgan javobgar-
lik choralari va sanksiyalarni qo‘llashga haqli;
4)
axborot-tarbiyalovchi
— davlatlarning oqilona harakatlari bilan bog‘liq
to‘plangan
tajribasini tarqatish, huquqdan foydalanish imkoniyatlarini targ‘ib
qilish, huquqni hurmat qilish, uning manfaatlari va qadriyatlarini muhofaza eti-
sh ruhida tarbiyalashdan iborat.
Dostları ilə paylaş: