12
ichidagi subyektlar o‘rtasidagi, odatda, bitta davlat hududi chegarasida va ichki
vakolati doirasidagi munosabatlarni tartibga soladi.
Davlatlar, millatlar va
xalqlar, shuningdek xalqaro tashkilotlar xalqaro huquq subyektlariga kiradi.
Xalqaro huquq prinsiplari
— xalqaro
munosabatlar subyeklarining
davlatlar tomonidan xalqaro munosabatlar sohasida ishlab chiqilgan xalqaro
hayotning dolzarb masalalari bo‘yicha eng muhim va umum tan olingan hulq
normalari hisoblanadi.
Xalqaro huquq prinsiplari mazmuni:
—
kuch ishlatmaslik va kuch bilan
tahdid qilmaslik tamoyili;
—
xalqaro nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish tamoyili;
—
davlatlarning ichki vakolatiga kiradigan ishlarga aralashmaslik ta-
moyili;
—
xalqlar teng huquqliligi va o‘z taqdirlarini o‘zlari
belgilashi tamoyili;
—
xalqaro huquq majburiyatlarini vijdonan bajarish tamoyili;
—
davlat chegalarining daxlsizligi tamoyili;
—
davlatlarning
hududiy yaxlitligi tamoyili;
—
inson huquqlari va asosiy erkinliklarini hurmat qilish tamoyili.
O‘zbekiston Respublikasining tashqi siyosiy faoliyati xalqaro huquqning
umume’tirof etilgan norma va prinsiplariga mos keladi. Jumladan:
—
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Nizomiga;
—
Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasiga;
—
Xalqaro huquq prinsiplari to‘g‘risidagi deklaratsiyaga;
—
Yevropada xavfsizlik va hamkorlik kengashining Xelsinki Yakunlovchi
aktiga.
Dostları ilə paylaş: