15
Tashqi savdo bitimlaridan (masalan, xorijiy element bilan oldi-sotdi
shartnomasidan) kelib chiqadigan majburiyatlarni yanada samarali ijro etish
uchun xorijiy jismoniy va yuridik shaxslar — bunday shartnomalar tomonlari-
ning huquqiy maqomini aniqlash zarurati vujudga keladi. Ularga nisbatan odat-
da quyidagi tartib turlari qo‘llaniladi:
—
milliy tartib, bunda xorijiy yuridik va jismoniy shaxslarning huquqiy
maqomi o‘z fuqarolari va yuridik shaxslari maqomiga tenglashtiriladi;
—
eng katta qulaylik tug‘dirish tartibi, bunda qonunlar orqali turli xorijiy
davlatlar rezidentlarining huquqiy holati uchun o‘xshash huquqiy holat
belgilanadi.
Dostları ilə paylaş: