V. А. Kostetskiy



Yüklə 3,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/104
tarix20.11.2023
ölçüsü3,21 Mb.
#166505
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   104
10 sinf huquq tahrirlangan

17 
Urushlar tarixidan 
Odamzod tarixida sayyoramizda 15 mingdan ortiq urush 
bo‘lib o‘tgan, ularda 3,5 milliarddan ortiq odam halok bo‘lgan. 
Shuning uchun hamma davrlarda ham odamlar vujudga kelayot- 
gan muammolarni tinch yo‘l bilan hal qilish ustida bosh qotir- 
ganlar. 
3-§. BIRLASHGAN MILLATLAR TASHKILOTINING
 
MAQSAD VA VAZIFALARI
 
 
BIRLASHGAN MILLATLAR TASHKILOTINING 
TASHKIL TOPISHI, MAQSAD VA VAZIFALARI 
Ikkinchi jahon urushi (1939–1945-yillar) tugagach, 1945-yil 24-oktabr- 
da San-Fransiskoda (AQSh) 51 ta mamlakat dunyoda tinchlik va xavfsizlikni 
saqlash maqsadida BMT Ustavini imzoladi, uni haqqoniy ravishda «Tinchlik 
konstitutsiyasi» deb nomlash mumkin. 
Hozirgi kunda 193 ta mamlakat BMT a’zosi hisoblanadi. Jumladan
O‘zbekiston ham 1992-yil 2-martda BMTning teng huquqli a’zosiga aylandi. 
BMT ustaviga muvofiq BMT harbiy kuchlari BMT Xavfsizlik Kengashi 
qarori bilan va uning rahbarligida tashkil etiladi va amal qiladi. Mazkur harbiy 
kuchlar faqatgina favqulodda vaziyatlarda boshqa barcha choralar natija berma- 
ganda (BMT Ustavi 42-moddasi), tinchlik buzilganida yoki unga tahdid tug‘il- 
ganida, agressiya holatlarida (BMT Ustavi 39-moddasi) xalqaro tinchlik va xavf- 
sizlikni tiklash va qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi. 


18 
BMTning barcha qatnashchi davlatlari o‘z harakatlarida quyidagi ta- 
moyillarga amal qilishga majburdirlar: 

tenglik; 

xalqaro norma va bitimlarga rioya qilish; 

nizolarni tinch yo‘l bilan hal qilish

kuch bilan tahdid qilish yoki uni qo‘llashdan voz kechish; 

ichki ishlarga qo‘shilmaslik; 

hamkorlik. 
Shu tariqa, 
BMTning asosiy maqsadlari 
quyidagilar hisoblanadi: 

butun dunyoda tinchlikni qo‘llab-quvvatlash; 

do‘stona munosabatlarni rivojlantirish

kambag‘allik, qashshoqlik, kasallik, savodsizlikni tugatish; 

atrof muhitga yetkazilayotgan zararning oldini olish; 

inson huquqlari va erkinliklarini himoyalash. 

Yüklə 3,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin