21
1979-yil BMT tomonidan Xalqaro bola yili deb e’lon qilindi.
Bolalar-
ning huquqlari shuningdek 1989-yil 20-noyabrdagi Bolalar huquqlari haqidagi
Konvensiyada ham mustahkamlangan. Unda davlatlar tomonidan 18 yoshga
to‘lmagan shaxslar uchun elementar huquqlar ta’minlanishi nazarda tutilgan:
—
o‘z
oilasida yashash huquqi;
—
yetarlicha ovqatlanish va toza suv bilan ta’minlanish huquqi;
—
qulay yashash darajasiga ega bo‘lish huquqi;
—
sog‘lig‘ini saqlash huquqi;
—
alohida g‘amxo‘rlik va maxsus professional tayyorgarlik olish huquqi;
—
o‘z tilida so‘zlashish, o‘z dinidan va madaniyatidan foydalanish
huquqi;
—
o‘yinlar va ko‘ngilochar
tadbirlarda qatnashish huquqi;
—
erkin ta’lim olish huquqi;
—
o‘z salomatligini himoyalash huquqi;
—
shafqatsizlik, kamsitish va adolatsiz munosabatda bo‘lishdan himoyala-
nish huquqi;
—
o‘z fikrini erkin bildirish, o‘z nuqtayi nazarlarini namoyon etish uchun
tengdoshlari bilan uchrashish huquqi.
O‘zbekiston ham 1989-yilda Bolalar huquqlari haqidagi Konvensiya-
ni
imzoladi, unga ko‘ra olingan majburiyatlarni amalga oshirish maqsadida
«Sog‘lom avlod uchun» fondi tashkil qilingan.
Dostları ilə paylaş: