V. А. Kostetskiy



Yüklə 3,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/104
tarix20.11.2023
ölçüsü3,21 Mb.
#166505
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   104
10 sinf huquq tahrirlangan

Bilimingizni sinang! 
5.
Sizningcha, nima uchun har qanday suveren davlatda fuqaro- 
lik majburiy hisoblanadi? 
6.
Fuqarolik tushunchasiga ta’rif bering. 
7.
Mamlakatda yashayotgan, ammo uning fuqaroligini olmagan 
odamlar qanday huquq va majburiyatlarga ega? 
8.
Qanday hollarda fuqarolikdan chiqish taqiqlanadi? 


25 
5-§. INSON HUQUQ VA ERKINLIKLARINI HIMOYALASH 
MEXANIZMI
 
INSON HUQUQLARINI HIMOYA QILISHGA OID 
XALQARO HUQUQIY HUJJATLAR 
Xalqaro hamjamiyatga kirgan O‘zbekiston Respublikasi mamlakatda inson 
huquqlari va erkinliklarini mustahkamlashga faol yordam berish, milliy qonun- 
larni inson huquqlari sohasidagi xalqaro standartlarga moslashtirish majburiya- 
tini o‘ziga oldi. 
Zamonaviy xalqaro hamjamiyat insonning tabiiy huquqlari g‘oyasi- 
ni huquqiy me’yoriy hujjatlar darajasida mustahkamlagan. Ularning ichi- 
da Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan qabul qilingan Inson huquqlari 
umumjahon deklaratsiyasi alohida o‘rinda turadi. Deklaratsiyada bugungi kun- 
da har bir inson ijtimoiy hayotning barcha sohalarida ega bo‘lishi lozim bo‘lgan 
huquq va erkinliklarning minimal hajmi keltirilgan. 
Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi asosida ko‘plab bajarilishi shart 
bo‘lgan hujjatlar ishlab chiqilgan. Ular Inson huquqlari umumjahon deklaratsi- 
yasining deyarli barcha nizomlariga aniqlik kiritishdi va ularni rivojlantirishdi 
hamda inson huquqlarini himoya qiluvchi ma’lum xalqaro vositalarni yaratish- 
di. Masalan, Fakultativ bayonnoma alohida fuqarolarga huquqlari buzilayot- 
ganligidan BMT qoshidagi maslahat organi — Inson huquqlari bo‘yicha qo‘mi- 
taga shikoyat qilish imkonini berdi. 
Deklaratsiya, ikkita Pakt va Fakultativ bayonnoma BMTning umumiy, huquqiy 
qamrov darajasi bo‘yicha universal hujjatlaridir va ular Inson huquqlari Xartiyasini 
tashkil qiladi. Ko‘pincha u Inson huquqlari to‘g‘risida xalqaro bill deb ataladi. 


26 
Inson huquqlari va asosiy erkinliklarini himoya qilish to‘g‘risida Yevropa 
konvensiyasi (1950-y.) o‘z ichiga fuqarolik hamda siyosiy, shuningdek ba’zi 
ijtimoiy-iqtisodiy huquqlarni olgan Konvensiyaga qo‘shimcha bayonnomalar 
Yevropa Kengashining yetakchi hujjatlariga aylandilar. 
Ularning amalga oshirilishini nazorat qilish uchun maxsus mexanizmlar — 
Yevropa komissiyasi va Inson huquqlari bo‘yicha Yevropa sudi ta’sis etildi. 
Komissiya va Sud fuqarolarning huquqlari buzilishi bilan bog‘liq shikoyatlarni 
ko‘rib chiqadilar. Shikoyatning haqqoniyligi aniqlansa, Sud tomonidan har bir 
davlat bajarishi shart bo‘lgan qaror chiqariladi. 

Yüklə 3,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin