24
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI FUQAROLIGINING TO‘XTATILISHI
O‘zbekiston fuqaroligining to‘xtatilishiga quyidagilar asos bo‘ladi:
—
davlat fuqaroligidan chiqish;
—
fuqarolikning yo‘qotilishi oqibatida;
—
O‘zbekiston xalqaro shartnomalarida nazarda tutgan boshqa asoslarga
ko‘ra.
FUQAROLIKDAN CHIQISHNI TAQIQLASH
Iltimosnoma bilan murojaat qilgan shaxs jinoiy javobgarlikka tortilgan
yoki unga nisbatan ijro etiladigan sud hukmi kuchga kirgan hollarda fuqarolik-
dan chiqishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Fuqarolikdan chiqishi O‘zbekiston davlat xavfsizligi manfaatlariga zid
bo‘lgan taqdirda ham bunday iltimosnoma rad etiladi.
FUQAROLIKNI YO‘QOTISH UCHUN ALOHIDA ASOSLAR
Qonunda shuningdek fuqarolikdan chiqishning alohida asoslari keltirilgan.
Bunday asoslarga quyidagilar kiradi:
—
shaxs chet davlatda harbiy xizmatga, xavfsizlik xizmati idoralariga, po-
litsiyaga, adliya idoralariga yoki davlat hokimiyati va boshqaruvining
boshqa idoralariga ishga kirganligi natijasida;
—
agar chet
elda doimiy yashovchi shaxs
7 yil
ichida uzrli sabablarsiz
konsullik hisobiga turmagan bo‘lsa;
—
agar O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi yolg‘onligi shak-shubhasiz
ma’lumotlar yoki soxta hujjatlar taqdim etish natijasida olingan bo‘lsa;
—
agar shaxs chet davlat foydasini ko‘zlab faoliyat yuritish yoki tinchlik
va xavfsizlikka qarshi jinoyatlar sodir etish
orqali jamiyat va davlat
manfaatlariga jiddiy zarar yetkazgan, shuningdek,
terrorchilik tashki-
lotlarida ishtirok etgan bo‘lsa;
—
agar shaxs chet davlatning fuqaroligini olgan bo‘lsa.
Dostları ilə paylaş: