34
Insonning huquq va erkinliklarini taʼminlash
davlatning oliy
maqsadidir.
Davlat inson hamda fuqaroning Konstitutsiya va qonunlarda
mustahkamlangan huquqlari va erkinliklarini taʼminlaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, 54-modda
Har kimga oʻz huquq va erkinliklarini sud
orqali himoya qilish, davlat
organlarining hamda
boshqa tashkilotlarning, ular mansabdor shaxslarining
qonunga xilof qarorlari, harakatlari va harakatsizligi
ustidan sudga shikoyat
qilish huquqi kafolatlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, 55-modda
KONSTITUTSIYAVIY TUZUM VA HUQUQIY TARTIBOT
Har bir davlatda huquq va tartibotning mavjudligi konstitutsiyaviy tuzum-
ning kafolati bo‘lib xizmat qiladi. Aslida ham bu
ikki tushuncha bir-birining
mavjudligini taqozo etadi. Konstitutsiyaviy tuzumning tarkibidan huquq-tarti-
bot ham o‘rin oladi va o‘z o‘rnida konstitutsiyaviy tuzumning amalda bo‘lishini
ta’minlaydi.
Konstitutsiyaviy tuzumning himoya qilinishi va
barqarorligi davlat hoki-
miyati faoliyatining samarali yo‘lga qo‘yilishi bilan bevosita bog‘liqdir. Davlat
hokimiyati o‘z faoliyatini oshkora, xalqni xabardor qilib turish yo‘li bilan amal-
ga oshirishi zarur.
Davlat nodavlat notijorat tashkilotlarining huquqlari va qonuniy
manfaatlariga rioya etilishini taʼminlaydi, ularga jamiyat
hayotida ishtirok etish uchun
teng huquqiy imkoniyatlar
yaratadi.
Davlat organlari va mansabdor shaxslarning nodavlat notijorat
tashkilotlari
faoliyatiga aralashishiga, shuningdek nodavlat
notijorat tashkilotlarining davlat organlari va mansabdor shaxslar
faoliyatiga aralashishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Dostları ilə paylaş: