V. А. Kostetskiy



Yüklə 3,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/104
tarix20.11.2023
ölçüsü3,21 Mb.
#166505
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   104
10 sinf huquq tahrirlangan

40 
2-topshiriq. 
Konstitutsiyaning 20-moddasi amalda qanday bajarilayot- 
ganini misollarda ko‘rsating: «O‘zbekiston Respublikasi fuqa- 
rosi va davlat bir-biriga nisbatan bo‘lgan huquqlari va burchlari 
bilan o‘zaro bog‘liqdirlar. Fuqarolarning Konstitutsiya va qo- 
nunlarda mustahkamlab qo‘yilgan huquq va erkinliklari daxlsiz- 
dir, ulardan sud qarorisiz mahrum etishga yoki ularni cheklab 
qo‘yishga hech kim haqli emas». 
1-topshiriq. 
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining fuqarolar 
majburiyatlari to‘g‘risidagi moddalarini diqqat bilan o‘qing va 
nima uchun aynan ushbu majburiyatlar Konstitutsiyaga kiritil- 
gani haqida xulosa chiqaring. 
60-modda. 
Fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga rioya etishga
boshqa insonlarning huquqlari, erkinliklari, sha’ni va qadr-
qimmatini hurmat qilishga majburdirlar. 
61-modda. 
Fuqarolar Oʻzbekiston xalqining tarixiy, maʼnaviy, 
madaniy, ilmiy va tabiiy merosini asrab-avaylashi shart. 
Tarixiy, maʼnaviy, madaniy, ilmiy va tabiiy meros davlat 
tomonidan muhofaza qilinadi.
62-modda. 
Fuqarolar atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona 
munosabatda bo‘lishga majburdirlar. 
63-modda. 
Fuqarolar qonun bilan belgilangan soliqlar va 
yig‘imlarni to‘lashi shart. 

 
Bilimingizni sinang! 
1.
«Davlatda inson eng oliy qadriyatdir» hikmatini qanday 
tushunasiz? 
2.
Huquqiy me‘yor nimaga xizmat qiladi? 
3.
Huquq qanday vazifalarni bajaradi? 
4.
Shaxsning konstitutsiyaviy maqomi asoslarini qanday tamoyil- 
lar tashkil qiladi? 
5.
Fuqarolarning konstitutsiyaviy majburiyatlarini sanab o‘ting. 


41 
III-BO‘LIM. MA’MURIY HUQUQ ASOSLARI

Yüklə 3,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin