136
Bosqinchilik
— jabrlanuvchiga nisbatan zo‘rlik ishlatish tahdidi bilan yoki
zo‘rlik ishlatish bilan boshqalar mol-mulkini talon-taroj qilish maq-
sadida hujum qilish.
Da’vogar
— o‘zining buzilgan yoki talashilayotgan
huquqini himoya qilish
uchun sudga murojaat etayotgan shaxs (yuridik yoki jismoniy).
Deklaratsiya
(lot.
declaratio
— e’lon, bayonot) — 1) tavsiya kuchiga ega
bo‘lgan
huquqiy hujjat; 2) bojxona deklaratsiyasi — boylik (qim-
matlik)larni chegara orqali olib o‘tish chog‘ida tuziladigan ular-
ning ro‘yxati; 3) soliq deklaratsiyasi — shaxsning soliqlarni to‘lash
uchun o‘z daromadi miqdori to‘g‘risida bayonoti.
Diskriminatsiya
(lot.
discrimininatio
— farqlash) — davlat,
yuridik yoki jis-
moniy shaxslarning huquqlarini kamsitish, tahqirlash.
Emansipatsiya
— fuqarolik huquqida — voyaga yetmaganni to‘liq muomala-
ga layoqatli deb e’lon qilish.
Firibgarlik
— o‘g‘irlashning zo‘rlikka asoslanmagan shakllaridan biri, tovla-
machilik.
Guvoh
— mazkur ishga doir aniqlanishi kerak bo‘lgan qandaydir holatlar unga
ma’lum bo‘lishi mumkin bo‘lgan shaxs.
Dostları ilə paylaş: