139
Qonun kuchiga ega hujjat
— davlat hokimiyati idoralarining qonunga qara-
ganda kamroq, lekin qonuniy kuchga ega bo‘lgan huquqiy hujjati.
Sudlov ishlarini yurgizish oshkoraligi
— sudlov
ishlarini yurgizish qoidasi,
barcha sudlarda sudlov ishlarini ochiq olib borishni nazarda tutadi.
Surishtiruv
— jinoyatlarni dastlabki tergab-tekshirish shakllaridan biri (dast-
labki tergov bilan bir qatorda).
Suverenitet
(fr.
souverainet
— oliy hokimiyat) — davlatning mamlakat ichida
ustuvorligi va uning tashqi munosabatlarda mustaqilligi.
Tahdid
— kishilar ustidan ruhiy zo‘ravonlik qilish turlaridan biri.
Talonchilik
— mol-mulkni ochiqdan ochiq o‘g‘irlash.
Taomil, odat
— uzoq muddatli ijtimoiy amaliyot mobaynida shakllangan odat-
lar mustahkamlangan xatti-harakat shakli. Davlat paydo bo‘lishi bi-
lan taomil huquq manbayiga aylanadi va unga rioya etish davlatning
majburlashi bilan ta’minlanadi.
Terrorizm
(lot.
terror
— qo‘rquv, dahshat) —
biror-bir maqsadga erishish
maqsadida huquqqa qarshi harakatlar (qotilliklar, diversiyalar va
hokazolar) majmuyi.
Tintuv
— jinoiy ishga doir isbot-dalillarni olishga yo‘naltirilgan
tergov hara-
kati.
Tovlamachilik
— zo‘rlik ishlatish tahdidi bilan mol-mulkni (yoki mol-mulkka
bo‘lgan huquqni) berishni
talab qiladigan reket, jinoyat.
Dostları ilə paylaş: