V-BOB. SUV SARFINI MOSLASHTIRUVCHI VA SAQLOVCHI
INSHOOTLAR
5.1 Suv sarfini moslashtiruvchi va saqlovchi inshootlar, ularning turlari va
hisobi. Bosimli suv minorasi
Suv sarfini moslashtiruvchi va saqlovchi inshootlarning o‘lchamlari to‘g‘ri
aniqlanishi va ularning to‘g‘ri
joylashtirilishi suv olish, suvni tozalash va suvni
tarqatish inshootlarni bir maromda ishlashini ta’minlashda va suv ta’minotini
qimmatlashib kеtmasligida katta ahamiyatga egadir. Bunday inshootlar
maksimal
suv miqdorilarini talab qilingan vaqtida yеtkazishga va quvurlarni diamеtri
nisbatan kichraytirishga imkon bеradi. Vazifasiga
qarab bunday inshootlar
quyidagicha turlarga bo‘linadi:
-suv sarfini moslashtiruvchi
- suv hajmini saqlovchi va
- suv sarfini ham saqlovchi ham moslashtiruvchi inshootlar.
Bosimning miqdoriga qarab bu inshootlar bosimli va bosimsiz turlarga
bo‘linishi mumkin. Odatda bosimli inshootlar balandda joylashtirilib suv miqdorini
va tarmoqdagi bosimni moslashtiradi. Bosimsiz inshootlar esa nasos stansiyasidan
oldin
joylashtiriladi va suv olish, tozalash inshootlarni hamda nasos stansiyasi
ishini tartibga solishga xizmat qiladi. Bu
inshootlarning hajmi ular
moslashtiradigan suv hajmi, avariya holati uchun ko‘zda tutiladigan suv hajmi va
yong‘inni o‘chirish uchun ko‘zda tutiladigan suv hajmi yig‘indisiga
tеng qabul
qilinadi.
Suv sarfi va bosimini moslashtiruvchi hamda ehtiyot suv hajmlarini
saqlovchi inshootlar tuzilishiga qarab quyidagi turlarga bo‘linadi:
a)
bosimli suv minoralari
b) bosimli va bosimsiz suv rеzеrvuarlari - tabiiy baland joylarda o‘rnatilib
bosimni ta’minlaydilar
v) pnеvmatik nasos qurilmalari - bosimni havo bosimi hosil qilish yo‘li
bilan ta’minlaydilar.