10.
Zaxiradagilarni kasbiy faoliyatga tayyorlash.
10.1.
Ekspertlar, shu jumladan, tanlov komissiyasi a’zolari ham, korxona
kadrlar reestriga kiruvchi har bir lavozim guruhlaridagi xodim uni muvaffaqiyatli
bajarish uchun ega bo‘lishi kerak bo‘lgan (kasbiy, ishchan, shaxsiy) fazilatlarning
majmuini ishlab chiqadilar. Tanlov komissiyasi a’zolari nomzodlarning ushbu
fazilatlarga ega bo‘lishi nuqtai nazaridan zaxira tarkibiga kiruvchi har bir nomzodni
baholaydi.
10.2.
Ishbilarmon lavozim o‘sishining istiqbollariga qarab zaxira tezkor va
strategik yo‘nalishda bo‘lishi mumkin. Tezkor zaxiraga rivojlanish salohiyati kamroq
bo‘lgan va lavozim ko‘tarilishida cheklangan, strategikka esa katta rivojlanish
salohiyatiga ega zaxiradagilar kiradi. Bu zaxirani tayyorlash mablag‘larni samarali
taqsimlash imkonini beradi.
10.3.
Zaxira tarkibi, rejalashtirilgan lavozimni egallashga tayyorgarlik
darajasiga qarab, shartli ravishda uch turga bo‘linishi mumkin:
- tayyor;
- istiqbolli;
- maxsus.
Bunga asosan shakllangan zaxira tarkibi turli guruhlarga bo‘linadi. Kadrlar
xizmati zaxiradagilarning keyingi ta’lim bosqichlarini ishlab chiqadi.
10.3.1.
Tayyor zaxira – hozirgi paytda rahbarlik lavozimini egallashi mumkin
bo‘lgan xodimlar va ularga buning uchun maxsus qo‘shimcha tayyorgarlik talab
qilinmaydi.
10.3.2.
Istiqbolli zaxira – oliy o‘quv yurtlarining istiqboli bor talabalari, 31
yoshgacha bo‘lgan yosh mutaxassislar. Bu maxsus tayyorgarlikdan so‘ng
rejalashtirilgan rahbarlik lavozimini egallashi mumkin bo‘lgan xodimlar guruhi. Oliy
62
o‘quv yurtlari talabalari orasidan istiqbolli zaxira tarkibiga nomzodlarni ko‘rsatish
oliy o‘quv yurtlarining rahbariyati tomonidan amalga oshiriladi, 31 yoshgacha
bo‘lgan yosh mutaxassislar esa korxonaning tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari
tomonidan tavsiya qilinadi.
Istiqbolli zaxira bilan ishlashning o‘ziga xos xususiyati turli jamoat
tashkilotlarini ishga jalb qilish, tahliliy ishlarni tayyorlashda ishtirok etish, turli
treninglarda ishtirok etish orqali kelajak rahbarining fazilatlarini rivojlantirishdan
iborat.
10.3.3.
Maxsus zaxira – boshqaruv faoliyatida o‘z qobiliyatlarini namoyish etgan
va ishida eng yaxshi natijalarga erishgan, har qanday vaziyatda vakant rahbarlik
lavozimiga tayyor bo‘lgan nomzodlardir.
Zaxiradagilarni muayyan zaxira turiga kiritish to‘g‘risida qarorni tanlov
komissiyasi qabul qiladi.
10.4.
Zaxiraga tayyorlashning asosiy shakllari quyidagilardan iborat:
ta’lim muassasalarida kasbiy ta’lim (tayyorlash, qayta tayyorlash, malaka
oshirish);
individual rivojlanish rejalari bo‘yicha mustaqil ta’lim (mustaqil o‘qish);
seminarlar;
stajyorlik.
Zaxira bilan ishlash tizimida tayyorgarlikning boshqa shakllari ham qo‘llanishi
mumkin:
korxona rahbariyatining majlislari, seminarlari, kengashlari, komissiyalari ishida
ishtirok etishga jalb qilish;
dolzarb muammolar bo‘yicha tahliliy sharhlarni tayyorlash;
rahbarlik lavozimini vaqtincha almashtirish;
almashtirishga rejalashtirilgan rahbarlik lavozimi ixtisosi bo‘yicha mustaqil
tayyorgarlik.
10.5.
Zaxiradagilarni rejalashtirilgan lavozimlariga jadallashtirilgan ta’lim va
63
ko‘tarilishining muhim elementi rotatsiya bo‘lishi mumkin. Rotatsiya xodimni
gorizontal ravishda axloqiy va moddiy qo‘shimcha sabablar bilan bitta mansabli
darajadagi lavozimga tayinlashdir.
Rotatsiya qisqa va uzoq muddatli bo‘lishi mumkin. Xodim tomonidan boshqa
bo‘linmalarning ishini tasavvur etishi, korxona faoliyatining ishlab chiqarish davri va
o‘zini boshqa sohada sinab ko‘rish imkoniyati, yangi bilim va ko‘nikmalar, Shu
jumladan, boshqaruv bilimlarini olish rotatsiyaning ustunliklaridir.
Muvaffaqiyatli rotatsiya shartlari – ixtiyoriylik, bo‘sh o‘rinlar mavjudligi,
almashtiriluvchi va yangi bo‘ysunuvchilarning ham bevosita rahbari sifatida
rotatsiyaga tayyorlanishdir.
10.6.
Zaxiradagilarni tayyorlashning muhim shakli turli davriylik bilan
o‘tkazilishi mumkin bo‘lgan “zaxiradagilar kuni” bo‘lishi mumkin. Uning mohiyati –
zaxiradagilar kun davomida amaliyotda bilimlarni qanday qo‘llashni bilishni
o‘rganadilar. Zaxira tarkibiga kiritilgan xodimlar rahbar, uning lavozimida
zaxiradagilardan foydalanishi shart bo‘lib, lavozim vazifalari, huquqlari va
mas’uliyatini bir kunga o‘z zimmalariga oladilar. Ikkinchisi rejalashtrilgan lavozimda
ishni tashkil etish bo‘yicha barcha kerakli chora-tadbirlarni bajaradi, Shuningdek
barcha qabul qilinayotgan qarorlar uchun mas’ul bo‘ladilar. Zaxiradagi xodimni
kurator nazorat qiladi – uning tayyorgarlik darajasi, amaliy tashkiliy va boshqa
qobiliyat hamda ko‘nikmalarini tartibga soladilar. Zaxiradagilar kuni tugagach,
zaxiradagi bevosita rahbar bilan birgalikda tarkibiy bo‘linmaning ishlab chiqarish
faoliyatini tahlil qiladi. Tahlil jarayonida zaxiradagi xodimning ijobiy va salbiy
natijalari aniqlanadi, kelgusida ularni to‘g‘irlash va yo‘l qo‘ymaslik maqsadida
xatolarga e’tibor qaratiladi. Tanlov komissiyasi yig‘ilishida bo‘linma rahbarlari
“zaxirachi kuni”ning o‘tkazilishi haqida hisobot beradilar, zaxiradagilarning kasbiy
faoliyati natijalarini ko‘rib chiqadilar, ularning keyinchalik kasbiy o‘sishi bo‘yicha
takliflar kiritadilar.
10.7.
Istiqbolli zaxirada bo‘lganlarning professional tayyorgarligi tadbirlari
64
bevosita va yuqori turuvchi rahbar, Shuningdek, korxonaning kadrlar xizmati rahbari
ishtirokida maxsus ishlab chiqiluvchi individual rivojlanish rejalariga muvofiq
o‘tkaziladi.
10.7.1.
Individual rivojlanish rejasi zaxirada bo‘lish butun davri mobaynida amal
qiladi va zaxiradagilarni eng yuqori darajadagi lavozimlarni egallashga tayyorlashni
rejalashtirish, o‘z-o‘zini nazorat qilish va xodimning lavozim o‘sishini tuzishda
qo‘llashga mo‘ljallangan. Agar zaxiradagi shaxs tavsiya qilingan muayyan
lavozimga bosh nomzod sifatida ko‘rsatilsa, uning individual rivojlanish dasturi
zaxiradagi kadr shaxsiy ishining bir qismi hisoblanadi va vaqti-vaqti bilan
faollashtiriladi. Individual rivojlanish rejasi zaxiradagilarning kelgusi lavozimlar
maqsad va vazifalariga bog‘liq rejalar mazmuni, o‘qish shakllarini o‘z ichiga oladi.
U quyidagi vazifalarga ega:
–
stajyorlikka;
–
rotatsiyaga;
–
malakani oshirishga;
–
boshqaruvga tayyorgarlikka;
–
tahliliy hujjatlarni, tashkilotning ham umuman olganda va lavozimni
almashishga rejalashtirilgan vakolatlar doirasiga kiruvchilar ham
faoliyatiga daxldor qarorlar loyihasini tayyorlashda ishtirok etish;
–
ish joyidagi murabbiy bilan loyihaviy ta’lim;
–
mustaqil ta’lim, kelgusi lavozimi amalga oshirilganda foydalanishi mumkin
bo‘lgan belgilangan yo‘nalishi bo‘yicha ilg‘or tajribani o‘rganish.
Zaxiradagi kunda turli treninglarda ishtirok etish zarur.
10.7.2.
Tayyor zaxira uchun, odatda, etishmayotgan kasbiy bilimlarni olish va
yangi ko‘nikmalarni egallashga qaratilgan individual ta’lim rejalari tuziladi, istiqbolli
zaxira uchun mahoratni oshirish, yyetakchilik fazilatlari va ijodiy qobiliyatlarni
rivojlantirishga qaratilgan rejalar tuziladi.
10.7.3.
Zaxiradagi shaxslarni albatta o‘qitish, belgilangan tartibda ta’lim berish
65
kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish uchun maxsus muassasalarda
amalga oshirilishi kerak.
Dostları ilə paylaş: |