Yuqorida territoriyaning 1:25000 va 1:10000 masshtabli topografik planini olish uchun tayanch tarmoq barpo qilishda har 50-60 km2 joyga bitta davlat geodezik tayanch punkti to’g’ri kelishi lozim deyilgan edi. 1, 2 va 3-klass davlat geodezik tayanch tarmoqlarini o’tkazishda punktlar shunday joylashadi, 1:5000 va undan yirik masshtabli topografik planlar olish uchun kerak bo’lgan tayanch tarmoqlari 4- klass davlat geodezik tayanch tarmoqi va mahalliy geodezik tayanch tarmoqi o’tkazish yo’li bilan hosil qilinadi. Mahalliy geodezik tayanch tarmoqlari faqat yirik masshtabli topografik tasvirga olish uchungina emas, balki turli muhandislik- geodezik ishlarini bajarish uchun ham asos bo’lib xizmat qiladi. Masalan shahar, qishloq va sanoat korxonalari territoriyalarida quriladigan mahalliy geodezik tayanch tarmoqlaridan shahar, qishloqlarni planlashtirishda hamda qurilish loyihalarini, shahar yer osti kommunikatsiyalari loyihalarini joyga ko’chirishda, sanoat korxonalari va uy-joy binolarining qurilishini tekshirishda, qizil chiziqlar o’tkazishda, shuningdek metropoliten, kanal, ko’prik va boshqa joylarning loyihalarini joyga ko’chirishda hamda bu inshootlarni qurishda foydalaniladi.
Mahalliy geodezik tayanch tarmoqlari ham planli va balandlik tayanch tarmoqlariga bo’linadi. Mahalliy planli geodezik tayanch tarmoqlari, o’z navbatida analitik va poligonometrik tarmoqlarga ajratiladi. Aniqligiga qarab bu tarmoqlar 1 va 2- bosqich poligonometrik va analitik tarmoqlarga ajratiladi.
Mahalliy balandlik tayanch tarmoqlari geometrik nivelirlash uslubida barpo qilinadigan texnik nivelirlash tarmoqlaridan iborat bo’ladi.
Davlat geodezik tayanch tarmoqlarini zichlashtirish maqsadida o’tkaziladigan 4-klass triangulyatsiya iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq bo’lmasa, masalan, ko’p mablag’ sarflanadigan baland signallar qurishga to’g’ri kelsa yoki cho’ljoylarda signallar qurish uchun materiallar topilmasa bu tarmoq o’rniga 4-klass poligonometrik tarmoq o’tkazilgani ma’qul.
1 va 2-bosqich analitik shoxobchlar triangulyatsiya uslubida ochiq va o’r qir joylarda triangulyatsiya va poligonometriya punktlari oralig’ida o’tkaziladi.Ular ayrim punkt, qator uchburchaklar yoki bir necha uchburchaklardan iborat bo’ladi. Ko’pincha ikki bazis oralig’ida o’tkaziladigan qator uchburchaklar qo’llaniladi. Qator uchburchaklar yuqori klass tayanch tarmoqlarini o’tkazish vaqtida aniq o’lchangan bazisdan boshlanib yana bazisga bog’lanadi. Ikki bazis oralig’idagi analitik tarmoqlarda uchburchaklar soni 10 dan ortiq bo’lmasligi kerak. Ba’zan analitik tarmoqlar mustaqil tarmoq tarzida o’tkazilishi mumkin. Bunda ham ikki bazis oralig’ida uchburchaklar soni 10 tadan ko’p bo’lmasligi shart.
Analitik tarmoqlar uchburchakalarning ichki burchakli 30 odan kichik, 1200 dan katta bo’lmasligi kerak. Uchburchak uchlari qilib, asbob o’rnatilishi mumkin bo’lgan va bir-biridan ko’rinadigan nuqtalar tanlanadi. Uchburchak uchlari geodezik belgilar bilan uzoq vaqt saqlanadigan qilib belgilanadi. Analitik tarmoqlar punktlarining otmetkalari IV-klass nivelirlash natijasida aniqlanadi (4-jadval).
1-jadval