Tasvirga olish tarmoqlari barcha masshtabda planlar olish uchun bevosita asos bo’lib hisoblanadi. Tasvirga olish tarmoqlarini hosil qilih uchun teodolit yo’li, geometrik tarmoq, to’g’ri va teskari kesishtirish usullaridan foydalaniladi. Mahalliy geodezik tayanch tarmoqlari bilan tasvirga olish tarmoqlari ham planli va balandli geodezik tayanch tarmoqlariga bo’linadi.
Davlat planli geodezik tayanch tarmoqlari triangulyatsiya, trilateratsiya va poligonometriya uslublarida barpo qilinadi. Uslublar joyning sharoitiga va iqtisodiy jihatdan afzalligiga qarab tanlanadi. Hozir asosan triangulyatsiya uslubidan foydalanilmoqda.
Geodezik tayanch tarmoqlarini barpo qilishqa punktlarning bir-biriga yaqin- uzoqligi (zichligi) katta ahamiyatga ega. Territoriyaning 1:25000 va 1:10000 masshtabli planini olishda davlat planli geodezik tayanch tarmoqlari 50-60 km2ga bir punkt to’g’ri keladigan qilib, 1:5000 masshtabli tasvirga olishda 20-30 km2 ga, 1:2000 masshtabli tasvirga olishda esa 5-15 km2 ga bir punkt to’gri keladigan qilib hosil qilinadi. Davlat planli tayanch tarmoqlari burchak va masofani o’lchash aniqligiga, uchburchak tomonlarining uzunligiga va tarmoqlarni hosil qilish tartibiga qarab 1, 2, 3 va 4 – klasslarga bo’linadi.
Davlat geodezik tayanch tarmoqlari umumiydan bo’lakka , yuqori klassdan pastki klassga o’tish prinsipida quriladi. Bunda dastlab 1-klass tarmog’i, unga asoslanib esa birin-ketin 2, 3 va 4- klass tarmoqlari o’tkaziladi. Bunday prinsipni qo’llanish mamlakatimiz
territoriyasida qisqa muddatda yagona koordinata tizimini tarqatishga imkon beradi.
1-klass davlat planli tayanch tarmoqlari qator uchburchaklardan iborat bo’lib, meridian va parallel yo’nalishi bo’yicha o’tkaziladi. Uchburchaklar zvenosining uzunligi 250 km ga boradi (1- rasm). Uchburchaklar zvenosining o’zaro kesishishidan hosil bo’lgan to’rtburchakning