Va adabiyoti universiteti



Yüklə 1,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/31
tarix05.06.2023
ölçüsü1,26 Mb.
#125488
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   31
alpomish diplom ishi

Qorajon 
Qaldirg‘och 
Barchinoy 
Alpomish 
Qahramonlar
 


57 
tashlanadi. ―Alpomish‖ dostonida Yortiboy oqsoqol degan epizodik obraz mavjud. U 
haqida darslikning savol-javoblar qismida ― Yortiboy obrazi tavsifiga e‘tibor bering. 
U sizda qanday taassurot qoldirdi?‖ degan savol qo‗yilgan. Xuddi shu savol 
muammoli vaziyat yaratishga va shu muammoning atrofiga asarda mavjud bo‗lgan 
boshqa obrazlarni birlashtirish, uyushtirish va masala qamrovi markaziga o‗rab 
olishga asos bo‗lishi mumkin. Bunday vaziyatda, eng avvalo, Yortiboy oqsoqolning 
tashqi ko‗rinishiga e‘tibor qaratish zarur: ―Majlisli kun bo‗lsa, to‗rdan joy tegmay, 
piyoladan choy tegmay, bo‗sag‗aning oldida, kovushga joy bermay, kovush bilan 
aralashib, it yiqitish bo‗lib, poygabetda yotar edi. To‗rda o‗tirgan kattaman deb 
yurganlarning hech qaysisidan gap, sazo chiqavermagandan keyin, poygabetdan 
Yortiboy o‗rnidan turib, maslahat shul-da, - deb Boysarining so‗ziga javob berib, 
Boysariga qarab, bir so‗z deb turibdi: 
Maslahat bermaymiz Boysariboyga,
Osilmaymiz Boybo‗rining doriga
45

Ushbu matnda Yortiboyning bunday kulgili vaziyatda tasvirlanishi uning 
xarakteri, mustaqil fikrga ega emasligi, oqsoqol bo‗la turib, maslahat berishga qodir 
emasligini izohlash mumkin. Shu boisdandir, balki unga qarindoshlari orasida 
―to‗rdan joy tegmay, piyoladan choy tegmagandir‖. O‗quvchilarda u o‗n ming uyli 
qarindoshlari Boysariga jo‗yali bir maslahat bera olmaydi, balki o‗z jonini o‗ylaydi, 
degan fikrlar tug‗ilishi mumkin. Ayni paytda, o‗qituvchi shu fikrga qarama-qarshi 
fikrlarni yuzaga keltirishga qaratilgan muammoni o‗rtaga tashlab, vaziyatni 
jonlantirib yuborishi mumkin. Masalan, ―Yortiboy oqsoqolni faqat salbiy bo‗yoqlar 
bilan bezatadigan bo‗lsak, uning Boysariga sadoqatli ekanligi haqida nima deya 
olasizlar?‖, degan savolni berib, qahramonning ―Qayga ko‗chsang, bizlar birga 
boramiz
46
‖, deya unga birlikni taklif etishi haqidagi fikri muammoli vaziyatni yuzaga 
keltirish uchun kifoya qiladi. Aksincha, bo‗lishi ham mumkin, ya‘ni guruhda keying 
ijobiy fikr paydo bo‗lganida, yuqoridagi salbiy munosabatlarning zamini o‗qituvchi 
45
Q.Yo‘ldoshev, V.Qodirov, J.Yo‘ldoshbekov. Adabiyot: Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 9-sinf uchun darslik, 1-
qism. – Toshkent. 2014-yil, 13-bet. 
46
O‘sha asar. 14-bet. 


58 
tomonidan o‗rtaga tashlanib, munozaraga asos topilishi mumkin. Buning natijasida, 
jamoa orasida Yortiboy oqsoqolning el tinchligi, qon to‗kilishining oldini olishiga 
qaratilgan ijobiy va Boysarining ruhiy iztiroblarini anglamasligi, o‗z qondoshlari 
tinchligi hamda o‗zga yurtda muqim o‗rnashib olish ilinjida Barchinoyni qalmoqlarga 
qurbon qilish taklifiga oid salbiy qarashlar yuzaga kelishi mumkin.
Shu xulosalarning o‗zi ham guruh a‘zolari tomonidan har xil fikr-mulohazalar 
asosida Yortiboy timsoli munosib bahosini olishi mumkinligini ko‗rsatadi. Ba‘zilar 
Yortiboy oqsoqol qon to‗kilishining oldini olishni, yurt tinchligini, birgina qizning 
noroziligi tufayli butun bir xalq jabr ko‗rishi mumkinligini inobatga olganligi 
so‗zlashsa, ayrimlar bu holatni or-nomus, erk masalasiga bog‗lashadi, ya‘ni xalq 
birgina qiz timsolida o‗z or-nomusi, jasorati, vijdonini ko‗radi, uni yov qo‗liga 
topshirib qo‗yish mard otalar, akalar ishi emasligini isbotlab berishga intilishadi. Ular 
hatto Boysarining ―Mening qizim sening singling, nomardlar‖ jumlasini keltirib, o‗z 
fikrlarini isbotlashlari mumkin.
Ko‗rinyaptiki, birgina kichik epizodik obraz orqali muammoli vaziyat yaratib, 
asarning g‗oyaviy-badiiy mohiyatini ochishga qaratilgan jonli ilmiy bahsni keltirib 
chiqarishga sabab bo‗lishi mumkin. Dostondagi boshqa yetakchi va epizodik obrazlar 
misolida ham xuddi shunday muammoli savollar, vaziyatlar tashkil etish, dars 
samaradorligini, natijaviyligini oshirishga xizmat qiladi. Buning uchun o‗qituvchi o‗z 
mahoratini ishga solib, o‗quvchilarga beriladigan savol-topshiriqlarni puxta, asarning 
janr xususiyatiga, o‗quvchining yosh va o‗zlashtirish darajasiga qarab tanlashi, darsni 
o‗zining yetakchiligi va o‗quvchilarning hamkorligi asosida tashkil etishi lozim. 
O‗quvchilarga muammo tanlashda asarning eng kichik bir qirrasi yoki obrazi bo‗lsa-
da, asarning asosiy mazmunini ochishga qaratilgan bo‗lishi va o‗quvchilarni aniq 
maqsadning yechimi tomon yetaklovchi mohiyat sari yo‗naltirishi kerak. 
Yuqorida misollar bilan keltirilgan har bir usul belgilangan muayyan maqsadga 
erishishda o‗z o‗rnida ishlatilsa, u, shubhasiz, faoldir. Pedagogik texnologiyalar 
o‗quvchilar faolligining yuqori darajasini ta‘minlash asosida oldindan belgilangan 
maqsadga erishishga qaratilgan bo‗lishi zarur. 


59 

Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin