Va adabiyoti universiteti



Yüklə 1,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/31
tarix05.06.2023
ölçüsü1,26 Mb.
#125488
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   31
alpomish diplom ishi

Muammoli vaziyat 
Muammoli vaziyat 
Sabablari 
Muammoli vaziyat
yechimlari 
Asar ustida ishlash jarayonida o‗quvchilar aqliy faoliyatining harakatchan va 
tezkorligi materialning qanday taqdim etilayotganligiga, uni tushuntirishda o‗qituvchi 
tomonidan berilayotgan savollarning mazmuni ham muhim ahamiyatga ega bo‗ladi. 
―Asar ustida ishlar ekan o‗qituvchi barcha holat va xulosalarni tayyor holda taqdim 
etmay, bilimlar pardasini asta-sekinlik bilan ochadi. O‗qituvchi bunday yo‗ldan 
borganda o‗quvchini qiyoslash, taqqoslash, isbotlash kabi mustaqil aqliy faoliyatga 
undaydi va shu yo‗l bilan ularning muayyan xulosaga kelishlariga ko‗maklashadi,
48
‖ 
– deydi pedagogika fanlar doktori Qunduzxon Husanboyeva. Masalan, 9-sinfda 
47
Innovatsion texnologiyalar: nazariya va amaliyot. O‘quv-uslubiy qo‘llanma. – T., 2011, 38-bet. 
48
Husanboyeva Q. Adabiyot-ma’naviyat va mustaqil fikr shakllantirish omili.T., 2009, 163-bet. 


62 
―Alpomish‖ dostoni tahlili jarayonida o‗quvchilarga quyidagi muammo bilan 
murojaat qilish, o‗quvchini mustaqil fikrlashga bilan birga milliy ongini ham 
rivojlantirishga zamin bo‗ladi: 
1)Doston sujetiga e‘tibor qaratadigan bo‗lsak, Alpomish bilan otasi Boybo‗rining 
baxil va saxiy haqidagi suhbatida Alpomish tilidan baxil va saxiyni namoyon 
etuvchi uch holat keltiriladi: ―1-Vaqti-bevaqt birovnikiga mehmon kelsa, otini 
ushlab, joy bor bo‗lsa, ko‗nglini xushlab jo‗natsa, bul ham saxiy; agar joy bor bo‗la 
turib, joy yo‗q deb qo‗ndirmay jo‗natsa, bul odam baxil. Vaqti-bevaqt bir kishi 
mozorotning qabatidan o‗tsa, chap oyog‗ini uzangidan chiqarib, odamlarning 
haqqiga duo qilib o‗tsa, bul ham saxiylik; agar har kim mozordan o‗tganda, chap 
oyog‗ini uzangidan chiqarmay, mozorotning haqqiga duo qilmay o‗tsa, bul ham 
baxil. Kishining moli zakotga yetsa, zakot bersa, bul ham saxiy ekan. Agar zakot 
bermasa, bul ham baxil ekan.‖
49
Baxillikni namoyon etuvchi holatlar ko‗p, lekin 
dostonda nega aynan mana shu uch holat berilgan?
Bu savolga o‗quvchilarda turli xil fikrlar paydo bo‗lishi tabiiy, o‗qituvchi har bir 
o‗quvchining fikrini eshitib, ularni umumlashtirib, oxirida o‗zi yakuniy javobni 
berishi zarur: Dostonda yosh avlod vakili Alpomish tomonidan qilingan taklif — 
zakot to‗lash Qo‗ng‗irot —Boysun elini bir-biridan ajralishga olib keladi. Xalq 
ijtimoiy hayotdagi o‗zgarishlarni chuqur ilmiy tahlil asosida atroflicha izohlab 
o‗tirmaydi. Shuning uchun uzoq kutilgan farzand — Alpomishning mulla 
bo‗lishidagi bir belgi ―zakot‖ tushunchasi bilan bog‗lanadi. Uzoq o‗tmishda umuman 
soliq yig‗uvchilarni zakotchi deb atash odati bo‗lganligini hisobga olsak, Alpomish 
taklif qilgan zakotning ma‘nosi soliqqa yaqin ekani ravshanlashadi. Boysarining 
nutqida ham bu mulohaza takrorlanadi. U akasining o‗g‗li borligini yuziga solganini, 
akasiga zakot berguncha o‗zga yurtda yashagani ma‘qulligini aytadi. Vaholanki, 
islom dinida zakotdan hech kim voz kechgan emas. Aksincha, Allohning zakot 
berishga yetkazgani uchun shukr qilingan. Mehmon kutish va qabristondan 
o‗tayotganda, oyog‗ini uzangidan chiqarib o‗tish holatlari esa o‗zbek xalqiga xos 
mehmondo‗stlik va marhumlarga bo‗lgan hurmat ifodasining namunasidir. 
49
Mirzayev T., Hodi Zarif. Alpomish. - Toshkent, O‘zbekiston, 1992-yil, 9-10-betlar. 


63 
2) Otasining ra‘yiga zid bo‗lsa-da, akasini xatarli safarga undayotgan 
Qaldirg‗ochning xatti-harakatlariga qanday baho berasiz? 
3) Zakot masalasida kim aybdor? Boybo‗rimi yoki Boysari? 
Bu kabi savollarga o‗quvchilar to‗liq javob berishlari, keng fikrlashlari uchun 
ularga yuqoridagi ―keys-stadi‖ usuli bo‗yicha jadval berib, muammoni tahlil 
qilishlarini so‗rash mumkin: 
Muammoli vaziyat
Muammoli 
vaziyat 
sabablari
Muammoli 
vaziyat 
yechimlari
O‗n ming uyli qo‗ng‗irot 
elining Boysun-Qo‗ng‗irot 
yurtidan 
bosh 
olib 
ketishiga 
nima 
sabab 
bo‗ldi? 
Noo‗rin so‗ralgan zakot; 
Boysaridagi 
qiziqqonlik, 
johillik, ma‘rifatsizlik; 
G‗urur 
ustun 
kelib, 
akaning 
o‗z 
ukasini 
yo‗ldan qaytarmaganligi; 
Har 
qanday 
vaziyatda 
o‗ylab, so‗ng qaror qabul 
qilish lozim. Aks holda, 
bunday qaror insonning 
birgina 
o‗zigamas, 
atrofdagilarga ham ziyon 
keltirishi mumkin. 
O‗qituvchi o‗quvchilarning javoblarini tinglab, umumlashtirib, tarix, psixologiya 
fanlari bilan bog‗lab o‗zi yakuniy xulosaviy fikrni aytadi. Shu kabi muammoli 
savollar o‗quvchilarni o‗z fikrlarini erkin va mustaqil bayon qila olish ko‗nikmasini 
shakllantirishga yordam beradi. Shuningdek, bu o‗rinda o‗qituvchi tomonidan 
fanlararo integratsiyaga ham erishiladi va bu o‗quvchilarning xalqimiz tarixiga 
qiziqishini orttirib, mavjud bilimlarini mustahkamlaydi, asarning mohiyatini yanada 
chuqurroq tushunishlariga xizmat qiladi. 
Janubiy koreyalik O In Kyong ―Alpomish‖ va ―Jumong‖ dostonlari materiallari 
asosida o‗zbek va koreys qahramonlik eposlari qiyosiy tahliliga bag‗ishlangan 
doktorlik dissertatsiyasini yoqlab, unda har ikki dostonni tadqiq etish orqali ikki xalq 
ruhiyatidagi mushtarak jihatlarni ochib berishga harakat qilgan. Olima dostonlardagi 
asosiy qahramonlarning o‗xshash jihatlarini, uch avlod sarguzashtlarini solishtirib 
tadqiq etadi. ―Jumong‖ dostonida uch avlod – Hayemosu, Jumong, Yuri 
sarguzashtlari, ―Alpomish‖ dostonida ham uch avlod, ya‘ni Boybo‗ri bilan Boysari, 


64 
Alpomish va uning o‗g‗li Yodgor taqdiri bayon etilganligi uchun bu qahramonlarni 
koreys qahramonlari bilan bir o‗ringa qo‗yib o‗rganadi. O‗qituvchi shu o‗rinda 
shunday muammoli vaziyat yaratish mumkinki, bu o‗quvchilarni o‗ylashga, 
fikrlashga majbur qilsin. Ya‘ni, o‗qituvchi ―Jumong‖da tasvirlangan bu uch avlod 
vakiliga Boybo‗ri bilan Boysarini tenglashtirmay, olimaning tasnifini o‗zgartirishini, 
ular o‗rniga Alpomishning ajdodi Alpinbiyni kiritishini aytadi. Va shu o‗rinda 
quyidagi muammoli savol bilan murojaat qiladi: ―Ko‗rib turganingizdek, olimaning 
tasnifiga o‗zgartirish kiritib, bu ro‗yxatga Boybo‗ri bilan Boysarini kiritmadik. Nima 
uchun?‖ . 
O‗quvchilar ushbu savolga javob topishlari uchun doston bilan yaxshi tanish 
bo‗lishlari, mantiqqa tayanishlari kerak bo‗ladi. Doston kompozitsiyasiga e‘tibor 
qaratadigan bo‗lsak, merganlikda, yoy tortishda Alpomishga teng keladigan 
qahramon yo‗q, shu o‗rinda koreys milliy qahramoni Jumongga ham. Hayemosu va 
Yurida ham bu qobiliyat mavjud. ―Alpomish‖ dostoniga e‘tibor qaratadigan bo‗lsak, 
Alpomish Alpinbiy bobosidan qolgan parli yoyni ko‗tarib tortadi
50
. Dostondagi ayni 
shu o‗rindan o‗quvchilar Alpinbiy ham mohir mergan, kuch-quvvatga to‗la 
qahramon bo‗lganligini bilib olishlari mumkin. Yodgor ham yetti yoshida o‗n to‗rt 
botmon parli yoyni ko‗tarib, hammani lol qoldiradi. Bundan ko‗rinib turibdiki, 
Alpinbiy va Yodgor ham Hayemosu, Yuri kabi merganlik qobiliyatiga ega 
bo‗lishgan. 
50
Yo‘ldoshev Q., Qodirov V., Yo‘ldoshbekov J. Adabiyot: Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 9-sinf uchun darslik, 1-
qism. – Toshkent. 2014-yil, 11-bet. 
Hayemosu 
Jumong 
Yuri 
Alpinbiy 
Alpomish 
Yodgor 


65 
Haqiqiy hukmdorlik belgisi aslzoda ekanligiga qarab belgilanmaydi, balki, xalqni 
adolat bilan boshqarib, uni birlashtirishga urinishi bilan belgilanadi. Boybo‗ri bilan 
Boysari esa birgina zakot masalasi tufayli o‗n olti urug‗ qo‗ng‗irot elining ajralib 
ketib, musofirlikda qiyinchiliklarga duch kelishlariga sabab bo‗lishdi. Agar ular 
mamlakatni birlashtirishga, xalqni birlikka chaqirishganda, ularni yuqoridagi qatorga 
kiritishimiz mumkin edi. 
Dostondagi ziddiyatlarni tahlil qilishda muammoli ta‘lim texnologiyalaridan 

Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin