Va ahamiyati


Talqin va tadqiqotlar respublika ilmiy-uslubiy jurnali №10



Yüklə 0,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix17.03.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#88484
1   2   3   4
o-zbek-tili-filologiyasida-terminologiyaning-ishlatilishi-va-ahamiyati

Talqin va tadqiqotlar respublika ilmiy-uslubiy jurnali №10 
179 
siyosiy atamalarni joriy etish hisobiga ta’minlaydi”. Ushbu jahonshumul ahamiyatga 
molik Qonunning qabul qilinishidan so‘ng, taxminan, 3-5 yil davomida ilgaridan tilda 
qo‘llanishda bo‘lgan terminlarni, ayniqsa, ruscha-baynalmilal qatlamni qaytadan 
ko‘rib chiqish tendensiyasi kuchayib ketdi. So‘zsiz, bunday sa’y –harakatlar o‘zbek 
tilining sofligini saqlash, uning asl tabiatini qayta tiklashga qaratilganligi bilan 
muhim ahamiyat kasb etdi. Sobiq sho‘rolar hukmronligi davrida o‘zbek tili lug‘at 
tarkibining shakllanishi va rivojlanishida alohida rolga ega bo‘lgan ko‘pdan-ko‘p 
ko‘hna so‘zlar asossiz ravishda eskirgan leksik birliklar kategoriyasi, ya’ni 
arxaizmlar sirasiga kiritilgan edi. Ayni nohaqlikni o‘nglash, tarixiy haqiqatni tiklash 
muhim vazifa sifatida kun tartibiga qo‘yilgan edi. 
O‘zbek tili terminologiyasi tizimida muayyan tushunchalarning muqobili 
bo‘lmaganligi bois ularni bitta so‘z bilan ifodalashning imkoniyati cheklangan. 
Chetdan kirib kelayotgan tushunchani bir qancha so‘zlar yordamida izohlash yoki 
tavsiflash terminologiya talablariga ziddir. Mana shunday holatlarda ruscha-
baynalmilal terminlar donor tilda qanday shaklda bo‘lsa o‘zbek tiliga ayni shu 
shaklda tayyor tarzda qabul qilinadi. Masalan: budjet – budjet, kredit - kredit, atom - 
atom, gidrolokatsiya – gidrolokatsiya, deduksiya - deduksiya, gerb – gerb, auditor – 
auditor, repatriatsiya – repatriatsiya, fraksiya – fraksiya, profitsit-profitsit, 
integratsiya-integratsiya, diplomatiya-diplomatiya, texnologiya-texnologiya, solyari-
solyari, 44 stomatologiya-stomatologiya, timidin-timidin, gers-gers, volt-volt, 
amperamper, mentalitet-mentalitet, kislorod-kislorod, uglerod-uglerod va h.k. Ayni 
holatni tilshunoslik terminlari sistemasida ham kuzatamiz: aksent, artikulyatsiya, 
fonetika, fonema, diftong, reduksiya, metateza, dissimilyatsiya, logografiya, affiks, 
pragmatika, sintagmatika, semantika, idioma, infinitiv, gerundiy, semiotika
sinergetika, mentalingvistika, morfologiya, konsept, geshtalt, biolingvistika, diskurs 
va h.k. Ilm-fan, texnika va ishlab chiqarishning shiddat bilan rivojlanayotganligi
jahonning taraqqiy etgan mamlakatlarida sodir bo‘layotgan globallashuv va 
integratsiya jarayonlari tillarning o‘zaro jips aloqalarga kirishi ularga xos leksik 
fondning boyishiga zamin yaratdi. Chunonchi, bugungi hayotni zamonaviy axborot 
kommunikatsiya tarmoqlari, xususan, internet va ushbu sohada qo‘llanuvchi 
terminlar sistemasisiz tasavvur etishning aslo imkoni yo‘q. O‘zbek tili 
terminologiyasi tarkibiga kirib kelayotgan internet terminlari asosan o‘zlashmalardan 
iborat bo‘lib, ularni ikki, ya’ni ingliz tilidan aynan o‘zlashgan overley, paket, 
peydjing, trakt, petebayt, ping, piksel, plagin, gigabayt, terabayt, exabayt, kross-
brauzer va h.k. hamda rus tilidan o‘zlashgan yakor, massiv, magistral, shlyuz, shrift, 
adaptatsiya kabi guruhlarga ajratish o‘zini oqlaydi. Shu jouda yakor o‘rnida langar, 
shlyuz o‘rnida to‘g‘on, shrift o‘rnida harf, magistral o‘rnida shoxyo‘l leksemalarini 
qo‘llashni tavsiya etish mumkinligini qayd etamiz. O‘zbek tili terminologiyasining 
hozirgi holatida o‘z hamda o‘zlashmalarning yonma-yon qo‘llanayotganiga shohid 



Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin