Talqin va tadqiqotlar respublika ilmiy-uslubiy jurnali №10
178
O‘ZBEK TILI FILOLOGIYASIDA TERMINOLOGIYANING ISHLATILISHI
VA AHAMIYATI
Bekzod Nizomboy o‘g‘li Sobirov
O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti
Nukus filiali assistent o‘qituvchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.7238518
Annotatsiya: Bugungi ushbu maqolada o‘zbek tilining keng targ‘ib qilinishi,
so‘zlarning
ishlatilishi, terminlarning kelib chiqishi hamda terminologiyaning
ahamiyati haqida fikrlar bayon qilingan.
Kalit so‘zlar: termin, fikr, fakt, ko‘p til, ommaviy axborot,
tushuncha,
arxaizm, budjet.
Hozirgi vaqtda o‘zbek terminologiyasi har tomonlama shahdam qadamlar bilan
taraqqiy etmoqda. Ilm, fan va texnika, siyosat, iqtisodiyot va madaniy hayotga doir
asasiy tushunchalar mutanosib terminologiya tizimi bilan ta’minlangan.
Mustaqillik
yillari mamlakatda turfa ikki tilli, ko‘p tilli hamda izohli lug‘atlar dunyo yuzini
ko‘rdi. Ayni paytda turli sohaga oid terminologik lug‘atlar tuzish borasida jadal ishlar
amalga
oshirilmoqda, terminlogiyaga oid o‘quv, o‘quv-metodik va ilmiy adabiyot
nashrdan chiqmoqda. O‘zbek terminologiyasining yanada rivojlanishida ommaviy
axborot vostalarining o‘rni salmoqli bo‘lmoqda. Hozirgi o‘zbek adabiy tili muayyan
terminologik tizimi boyishi, to‘ldirilishi va takomillashishining bosh manbasi, boshqa
tillarda kechayotganidek, shubhasiz, o‘z lug‘at boyligi ekanligi ayni haqiqat. O‘zbek
terminologiyasining o‘z boyliklari va imkoniyatlari hisobiga taraqqiy etishi ikki yo‘l
bilan voqelanadi: a)
tilda mavjud, tayyor so‘zlardan yangi narsa-predmet va
tushunchalarni ifodalashda foydalanish: b) o‘zbek adabiy tili so‘z yasash
imkoniyatlari ishtirokida yangi terminlar yaratish. Yangi terminlarni ro‘yobga
keltirishda so‘z
yasashning morfologik, semantik va sintaktik usullaridan unumli
istifoda etiladi. Terminlar yaratishda qalqalash usulining ham sezilarli o‘rni bor.
O‘zbek tili terminologiyasining ulkan ulushini ruscha-baynalmilal fond asosida
yuzaga chiqqan nomlar tashkil etadi. Boshqa noturkiy tillardan o‘zlashgan terminlar
o‘zbek
xalqi faoliyatning ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy, sotsial, madaniy, ma’naviy
jabhalarini qamrab olganligi bilan xarakterlidir. O‘zbekiston Oliy Kengashi
tomonidan 1989- yilning 21- oktabrida “Davlat tili haqida”gi
Qonunning qabul
qilinishi o‘zbek tili so‘z boyligining asosiy qatlamlaridan hisoblanmish terminologik
leksikaga yangicha munosabatda bo‘lishni taqozo etdi. Qonunning 7-moddasida
ta’kidlanganidek, “Davlat o‘zbek tilining boyitilishi va takomillashtirilishini
ta’minlaydi, shu jumladan, unga hamma e’tirof qilgan ilmiy-texnikaviy va ijtimoiy-