Va ahamiyati


Talqin va tadqiqotlar respublika ilmiy-uslubiy jurnali №10



Yüklə 0,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix17.03.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#88484
1   2   3   4
o-zbek-tili-filologiyasida-terminologiyaning-ishlatilishi-va-ahamiyati

Talqin va tadqiqotlar respublika ilmiy-uslubiy jurnali №10 
180 
bo‘lamiz. Ushbu jarayon avvalgi terminologiya tizimidagi meyor va yangi leksik 
birlik o‘rtasidagi qarama-qarshilik, “yashash uchun kurash”dan guvohlik beradi. 
Tabiiy, raqobatalashayotgan terminlardan qaysi biri o‘zbek tili terminologiyasi 
tarkibidan munosib o‘rin egallashini lisoniy hayot, nutqiy amaliyot va vaqt 
ko‘rsatadi. Hozircha ikki dubletli terminlar jumlasiga aksiya - harakat, aksiya; 
arxeolog– qadimshunos, arxeolog; blok - ittifoq, blok (deputatlik); veto - veto, ta’qiq; 
ofitser – zobit, ofitser; reanimatsiya – jonlantirish, reanimatsiy; termin - atama, 
termin; embargo – embargo, ta’qiqlash; sivilizatsiya – sivilizatsiya, tamaddun
kollegiya – hay’at, kollegiya; denonsatsiya - denonsatsiya, bekor qilish; tif - tif, 
terlama; 
transplantatsiya-transplantatsiya, 
ko‘chirib 
o‘tkazish; 
mikrokreditmikrokredit, mikroqarz; terapiya-terapiya, davolash; smeta-smeta, 
xarajatlar loyihasi; kliyent-server - kliyent-server, mijoz-xodim; agent-vakil, agent; 
anketa - so‘rovnoma; anketa, apellyatsiya - shikoyat, apellyatsiya; akklamatsiya-
olqish, akklamatsiya(yur.) va h.k.lar kiritilmoqda. Ba’zi vaziyatlarda, mobodo biron 
bir tushuncha ikki, ya’ni o‘z va o‘zlashma (ruscha-baynalmilal) termin bilan 
ifodalansa, shubhasiz, afzallik o‘zbekcha terminga beriladi – tilshunoslik 
(lingvistika), nazoratchi (inspektor), qalam haqi (gonorar), nizom (ustav), 
giyohvandlik (narkomaniya), zahira (rezerv), tenglik (paritet), hokim (mer), jarroh 
(xirurg), sil (tuberkulez), dorishunos (farmatsevt), dorishunoslik 45 (farmatsevtika), 
tasnif (klassifikatsiya), imlo (orfografiya), qatag‘on (repressiya), sayyora (planeta), 
tirkama (pritsep), tovon (reparatsiya) va h.k. Kimyo terminologiyasida faol 
qo‘llanuvchi oltin-aurum, kumushargentum, margimush-arsen, oltingugurt-sulfur, 
temir-ferrum singari terminlarning lotincha dubletlaridan kimyoviy reaksiyalar 
formulalarini o‘qishda istifoda etiladi (Madvaliyev 2017, 22) 
O‘zbek tili so‘zga juda boy tillardan. Bunda ham rasmiy ham norasmiy turdagi 
so‘zlashuvlarni ham misol qilib kiritishimiz mumkin. Aynan biz ishlatayotgan 
so‘zlarning ko‘pchiligi ham boshqa davlat, millat tillaridan kirib kelgan. Shuning 
uchun ham sof o‘zbek tilidagi so‘zlarni aniq bilishimiz uchun terminologiya bizga 
juda muhim. Terminologiyada so‘zlarning ishlatilishi, qayerdan kirib kelgani, qanday 
ma’nolarda ishlatilishi kabilar aniq ko‘rsatiladi. 
O‘zbek terminshunoslari oldida yuqorida keltirilgan muammolar qatori 
tubandagi masalalarni ham hal etish mas’uliyati ko‘ndalang turibdi: umumqo‘llanish 
xarakteridagi ba’zi terminlarning mutanosib variantlarining mavjud emasligi; ilm-fan 
va texnika soha terminlarini tartibga solish hamda bir xillashtirishning qoniqarsizligi; 
terminlarni qo‘llashda imloviy chalkashliklarga yo‘l qo‘yish; terminografiya 
masalalariga bugungi talablardan kelib chiqib yondashish, turli turdagi terminologik 
lug‘atlar tuzish va nashr qilish jarayonini boshqarish hamda nazorat qilishning 
sustligi; turli sohalarda qo‘llanuvchi terminlar aynanligini ta’minlaydigan metodik 
qo‘llanma va davriy byulletenning mavjud emasligi; terminologik leksika, ayniqsa, 



Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin