FIZIKA VA MATEMATIKA KURSLARINING O‘ZARO BOG‘LIQLIGI
VA ALOQADORLIGI
Alqorov
Qodir Xolmatovich
A.Qodiriy nomidagi JDPI Texnologik ta’lim kafedrasi o’qituvchisi, O’zbekiston.
e-mail:
mr.qodir@bk.ru
Annotasiya: Fizikani o‘rganish fizikadan olingan oldingi bilimlargagina tayanib
qolmasdan, shu bilan birga ijtimoiy va tabiiy fanlardan olingan bilimlarga ham tayanadi.
Kalit so’zlar: formula, amallar, koordinata, vektor, qiymat, parallepiped, og‘ish, linza.
Аннoтация: Изучение физики основано не только на предварительных знаниях
физики, но также на знаниях социалных и естественных наук.
Ключевые слова: формула, операции, координаты, вектор,
значение,
параллепипед, прогиб, линза.
Annotation: The study of physics is based not only on prior knowledge of physics, but
also on knowledge of social and natural sciences.
Key words: formula, operations, coordinates, vector, value, parallepiped, deflection,
lens.
Fizika va matematika kurslarining bog‘liqligini alohida ajratib ko‘rsatish
kerak, chunki matematikaning ilmiy metod sifatidagi ahamiyati fizika o‘qitishda
juda keng va yaxshi o‘z aksini topadi: fizik qonunlar
matematik formulalarda
ifodalanadi; matematik formulalar va amallar fizika qonunlaridan xulosalar
chiqarishda, uning ayrim holatlarini isbotlashda, masalalar yechishda, laboratoriya
ishlarini bajarishda foydalaniladi.
Hozirgi zamon fizika kursida bir qator tushunchalarni (nuqta koordinatalari,
vektor va boshqalar) terminlarni (masalan, «kattalik», «kattalikning qiymati» va
boshqa terminlar), nomlarni (masalan, «to‘g‘ri burchak shaklidagi jism» demasdan,
balki «to‘g‘ri burchakli parallelepiped shaklga ega bo‘lgan jism» deyish kerak)
talqin etish o‘zaro kelishilgan.
Quyidagi masalalarni ko‘rib chiqish metodik jihatdan muhim ahamiyatga
ega: o‘rganilayotgan masalalarni vaqt bo‘yicha moslashtirish,
funksional
bog‘lanish tushunchasi, masalalar yechish.
1. Odatda, fizikani o‘rganishda ilgari kiritilgan matematik bilimlardan
foydalaniladi (matematik tushunchani majburiy oldin kiritiladigan ayrim hollardan
tashqari). Masalan, VII va VIII sinflarda sonlarda
n
k 10
. bunda
n
>0 ko‘rinishda
yozishdan foydalanish mumkin (bunday yozish birlik
hajmdagi molekulalar soni,
yoqilg‘ining yonish issiqligi, erish issiqligi va boshqalar uchun foydalaniladi),
ammo bu shaklda yozishni
n
<0 uchun qo‘llab bo‘lmaydi; bundan faqat yuqori
sinflarda foydalaniladi.
Taxminiy hisoblash qoidasidan foydalanish VII sinfdayoq talab etiladi
(sonlarni
yaxlitlash, nollar bilan tugallangan sonlar yozilishining standart
ko‘rinishi, hamma oraliq hisoblashlarda taxminiy sonlarni yaxlitlash).
Fizika dasturi faqat IX sinfdagina laboratoriya ishlarini bajarishda
xatoliklarni hisoblashni tavsiya etadi—bu ham o‘quvchilarni matematikadan
tayyorlash bilan bog‘liq; IX sinfda mexanikani o‘rganishdayoq
trigonometrik
funksiyalar, Pifagor teoremasi, kvadrat tenglamalar, o‘xshashlik tushunchasi
haqidagi bilimlarni qo‘llash kerak bo‘ladi.
2. O‘rta maktab matematika kursida funksional bog‘lanishlarni. o‘rganishga
katta o‘rin berilgan. Funksiyalar haqidagi bilimlardan fizika o‘qitish
jarayonida
foydalanish muhim pedagogik foyda berishi mumkin.
,
*
t
s
,
0
t
d
2
2
0
t
a
t
0>