Va axborot texnologiyalari 10-sinf toshkent – 2021



Yüklə 27,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə136/153
tarix05.09.2023
ölçüsü27,94 Mb.
#141598
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   153
10-sinf informatika ..

PROTOTIP SHAKLLARI
Qog‘ozli prototip
– mahsulot ko‘rinishining qo‘lda chizilgan namunasi. 
Raqamli prototip 
ishlab chiqaruvchilarga mahsulotning virtual modelini yaratish imkonini 
beradi. Bu esa alohida komponentlar qanday ishlashini ko‘rishga imkoniyat yaratadi. 
3D prototip
– tezkor prototiplash jarayonida qo‘llaniladigan mahsulotning 3D namunasi.
Qog‘ozli prototip
Raqamli prototip
3D prototip


192
192
VI BOB. 
WWW-TEXNOLOGIYA VA HTML TILI
TAYANCH TUSHUNCHALAR
Veb-sayt 
– axborotlarni qandaydir 
mavzu doirasida jamlagan hamda 
gipermurojaatlar orqali bog‘langan 
veb-sahifalar majmui. Veb-
sahifalar majmui serverda veb-
sayt manzili nomi bilan saqlanadi. 
Yaxshi ishlab chiqilgan prototip loyihani yakuniy 
shaklda taqdim etish, vaqtni tejash va ishni 
boshlashdan avval ham tuzatishlar kiritish imkonini 
beradi. 
Prototipga sarflangan vaqt kelajakda yaxshi samara 
beradi, chunki ish yakunida paydo bo‘ladigan 
g‘oyalarni kamaytiradi. Prototipsiz ishga tushirilgan 
sayt yarmini ishga tushgandan sо‘ng qayta 
о‘zgartirish kerak bo‘ladi. Prototip holatida loyihani 
tuzatish uchun 30 minut vaqt sarflansa, tayyor mahsulotni tuzatish uchun bundan 10 
marta ko‘p vaqt talab qilinadi. Shuning uchun aksariyat dizaynerlar veb-sayt dizaynini 
ishlab chiqishda prototiplash jaryonidan foydalanadi. 
Veb-saytlar, odatda, ikkita asosiy qismdan tashkil topadi:
1) 
Front-end
qismi saytning hammaga ko‘rinib turgan old tomon ko‘rinishi bo‘lib, brauzer 
orqali ko‘rish mumkin bo‘lgan sahifa dizayni (sahifa o‘lchami, rasm, audio, videolar 
joylashuvi va h. k.)ni tashkil etadi. Unda:
– sahifaning grafik dizayni asosida moslashuvchan sayt maketi ishlab chiqiladi;
– HTML, CSS va JavaScript tillari yordamida sayt jonlantiriladi;
– maqsadli auditoriyaga mos sayt tuzilmasini taqdim etish ishlari amalga oshiriladi.
2) 
Back-end
qismi Front-endning aksi, ya‘ni saytning orqa yoki ichki tomoni bo‘lib, 
bunda veb-sahifalarni dinamik va interfaol qilishda server sahnasi ortida ishlaydigan 
dastur va skriptlar tushuniladi. Saytdagi ma‘lumotlarning serverga yuborilishi, ularning 
qayta ishlanishi va foydalanuvchiga qaytarib jo‘natilishi – bularning barchasi backend 
dasturchilari mehnati natijasi hisoblanadi. Unda:
– axborotni loyihalashtirish;
– formalarni qayta ishlash;
– ma‘lumotlar bazasini dasturlash;
– PHP, JSP, Ruby, ASP.NET, Java kabi dasturlash tillaridan foydalangan holda boshqa 
server tomonidagi veb-ilovalarni boshqarish ishlari amalga oshiriladi. 
AMALIY MASHG‘ULOT
1. Prototiplash vositalari imkoniyatlari bilan tanishib chiqing va jadvalni to‘ldiring.


193

Yüklə 27,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   153




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin