49
49
UYGA VAZIFA
Yuqoridagi
misoldan, kataklardagi matnli ma’lumotlar birlashtirilganda, so‘zlar orasida bo‘sh
joy qolmasligini ko‘rish mumkin. Bo‘sh joy qoldirish uchun formulaning ko‘rinishini
biroz
o‘zgartirishning o‘zi kifoya. Buning uchun (“”) belgisidan foydalaniladi,
formulaga ixtiyoriy
matn, tinish belgisi qo‘shilganda esa ular qo‘shtirnoqqa olinadi.
AMALIY FAOLIYAT
1. “СТЕПЕНЬ” funksiyasi yordamida 8 dan 12 gacha bo‘lgan sonlarning 3 va 4-daraja
qiymatlarini hisoblab, natijalar aks etgan elektron jadval yarating.
2. “ДЛСТР”
funksiyasidan foydalanib, ismingiz va otangiz ismida qancha belgi
mavjudligini aniqlang (oradagi bo‘sh joy hisoblanmasin).
3. “ПСТР” funksiyasi yordamida ismingiz va otangiz ismi
yozilgan bitta katakdagi
matndan ismingizni ajratib olib, uni alohida katakda hosil qiling.
x+y
xy
+sin
2
(
x
)-cos
2
(
x
)
4. Berilgan ifoda qiymatini toping:
Bunda
x
uchun qiymatlarini A2,
y
qiymatlarni esa B2 katakka joylashtiring.
Matematik formulalarda “КОРЕНЬ”, “SIN” va “COS” funksiyalaridan
foydalanish tavsiya
etiladi.
MAVZU YUZASIDAN SAVOLLAR
1. MS Excel dasturida funksiya tushunchasini ta’riflang.
2. Dasturda qanday funksiya sinflari mavjud?
3. Matematik va matnli funksiyalar vazifalarini tushuntiring.
4. “СЖПРОБЕЛЫ” funksiyasidan qanday masalalarni hal etishda foydalaniladi?
5. “СЦЕПИТЬ” funksiyasidan qanday masalalarni hal etishda foydalaniladi?
1. Mashg‘ulot vaqtida tanlab olingan funksiyalar va ulardan
foydalanish yuzasidan
ma’lumot to‘plang.