Va axborot texnologiyalari 10-sinf toshkent – 2021


III BOB.  ANIMATSIYA TEXNOLOGIYASI



Yüklə 27,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/153
tarix05.09.2023
ölçüsü27,94 Mb.
#141598
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   153
10-sinf informatika ..

III BOB. 
ANIMATSIYA TEXNOLOGIYASI
6666
Final Cut Pro
– Apple kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan professional 
videomuharrir dasturi. Imkoniyatlariga ko‘ra dastur eng mukammal 
dasturlardan biri hisoblanadi. Bundan tashqari, Final Cut Pro o‘zining sodda 
interfeysi bilan ham ajralib turadi. Dasturni faqat MacOS foydalanuvchilari 
ishlatishi mumkin. 
Dasturning afzalliklari quyidagilardan iborat:
• chiqish fayllari hajmi katta emasligi;
• olingan mahsulotning yuqori sifatli ekanligi;
• kutubxonalarning mavjudligi;
• ranglarni to‘liq chiqarib bera olishi;
• effektlarni fragmentga biriktirmasdan 
oldindan ko‘rish qobiliyati.
AMALIY MASHG‘ULOT
1. Videomuharrir deb nimaga aytiladi?
a) kompyuterda video va audiofayllarni chiziqli bo‘lmagan tahrirlashni amalga 
oshirish imkonini beruvchi vositalar to‘plamini o‘z ichiga olgan dastur;
b) audiofayllarni tahrirlashni amalga oshirish imkonini beruvchi dastur;
c) tasvirlarni qayta ishlovchi grafik muharrir;
d) video formatini boshqa formatga o‘zgartirish jarayoni.
2. Videofayl formati to‘g‘ri ko‘rsatilgan bandni tanlang:
a) *.png
b) *.mp4
c) *.psd
d) *.mp3
MAVZU YUZASIDAN SAVOLLAR 
UYGA VAZIFA
1. Videomuharrir dasturlari deb nimaga aytiladi?
2. Videofayllar qanday kengaytmaga ega?
3. Movavi Video Editor dasturining afzalliklarini sanab bering.
1. Internet tarmog‘i orqali yana boshqa videomuharrirlar haqida ma’lumot qidiring. 
2. Topilgan videomuharrirlar ro‘yxatini tuzing. 
3. Topilgan videomuharrir dasturlarining afzaliklarini yozing.


6767
67
20-dars. VIDEOMUHARRIR DASTURI INTERFEYSI 
VA LOYIHA BILAN ISHLASH
Movavi Video Editor dasturi 2004-yilda 
Rossiyaning Movavi kompaniyasi 
tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, chiziqli 
bo‘lmagan montaj uchun videomuharrir 
hisoblanadi. Dastur video qismlarini 
tahrirlash, kesish, ovoz bilan ishlash
tayyor videofayllarni YouTube, Google 
Drivega yuklash, mediafayllarni import va 
eksport qilish imkonini beradi. 

Yüklə 27,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   153




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin