Va axborot texnologiyalari 11-sinf toshkent – 2021


I I I BOB.  TARMOQLARNING ISHLASH PRINSIPI. IP-MANZILLASH



Yüklə 49,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə129/265
tarix02.10.2023
ölçüsü49,29 Mb.
#151515
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   265
Informatika 11-sinf UZ (1)

I I I BOB. 
TARMOQLARNING ISHLASH PRINSIPI. IP-MANZILLASH
174
Manzillar ikki nuqta bilan ajratiladi. Bu IP manzillar facebook.com va shunga o‘xshash 
mashhur saytlarga o‘rnatilgan.
IP manzil quyidagicha bo‘lishi mumkin:
• statik (doimiy, о‘zgarmas);
• dinamik (vaqtinchalik, о‘zgaruvchan).
Statik IP manzillar foydalanuvchiga o‘zgarmas IP manzil beradi. Masalan, tashkilot lokal 
tarmog‘idagi Internetga doimiy ulangan kompyuterlarning har biri o‘zining doimiy, qayd etilgan 
IP-manziliga ega bo‘ladi.
Aksariyat foydalanuvchilar Internetga oddiy modem orqali vaqtinchalik ulanishi uchun doimiy 
IP-manziliga ega bo‘lishi shart emas. Ularga vaqtinchalik IP-manzil berilishi mumkin. Bunday 
holat IP manzillarni boshqa kompyuterniki bilan bir xil bo‘lib qolishidan himoyalaydi. Masalan, 
Internet provayderining 2000 ta foydalanuvchisi bor, lekin real vaqtda 500 ta foydalanuvchi 
ishlaydi. Demak, 500 ta IP-manzil yetarli. Bunday holat tarmoq administratori vazifasini 
yengillashtiradi. Dinamik IP-manzil 1 marta beriladi. Agar kompyuter tarmoqqa qayta kirsa, 
unga yana yangi IP-manzil beriladi. Demak, tarmoqqa ulangan har bir kompyuter qayta 
ulanishni amalga oshirganda, har gal har xil IP-manzil olar ekan.
IP-manzillar tarmoqda foydalanilishiga ko‘ra 2 xil bo‘ladi:
1) lokal (ichki IP-manzil, xususiy, “kulrang”);
2) global (tashqi IP-manzil, ijtimoiy, “oq”).
Lokal manzillar global tarmoq (Internet)da ishlatilmaydi. IP-manzillarga global IP-manzil orqali 
kirib bo‘lmaydi, bunda xavfsizlik ta’minlanadi. Lokal IP-manzillarga faqat ichki lokal tarmoq 
orqaligina kirish mumkin. Quyida lokal manzillar diapazoni keltirilgan (ular cheklangan):
10.0.0.0 — 10.255.255.255;
172.16.0.0 — 172.31.255.255;
192.168.0.0 — 192.168.255.255;
127.0.0.0 – 127.255.255.255 (zaxira diapazoni).
Qolgan barcha IP-manzillardan global tarmoqda foydalaniladi. Global manzillar Internet 
tarmog‘ida ishlatiladi. Agar Internetda qurilma IP-manzilini kо‘rish mumkin bo‘lib, u Internet 
tarmog‘ida yagona manzil bо‘lsa, bunday manzil 
global manzil
(tashqi IP-manzil) deb ataladi. 
Global manzilga dunyoning ixtiyoriy burchagidan ulanish mumkin.



Yüklə 49,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   265




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin