«Kompyuter injiniringi» fakulteti «Kompyuter injiniringi»yo`nalishi



Yüklə 124,13 Kb.
səhifə1/7
tarix23.05.2022
ölçüsü124,13 Kb.
#59038
  1   2   3   4   5   6   7
AKADEMIK YOZUV 2 SEMESTR MUSTAQIL ISH MAVZU KOMMUNIKATSIYA TUSHUNCHASI


MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARÍ UNIVERSITETI NUKUS FILIALÍ
«Kompyuter injiniringi » fakulteti
« Kompyuter injiniringi »yo`nalishi
1 kurs 101-20 guruh talabasi
Kuandikova Gulaydaning
«Akademik nutq»
fanidan





Mustaqil ishi

Mavzu:Kommunikatsiya tushunchasi
Tayyorlagan _________________ G.Kuandikova


Qabul qilgan _________________ U.Jaksimova
Nukus –2021

Mavzu:Kommunikatsiya tushunchasi


Rejasi:
I.Kirish
II.Asosiy qism
1.Kommunikatsiyaning tashkilot samaradorligigata`siri
2.Kommunikatsiya jarayonining elementlari va bosqichlari
3.Axborot infratuzilmasi va uning elementlari
III.Xulosa

Aloqa (lot. communicatio — umumlashtiraman, bogʻlayman) — 1) kibernetikada — informatsiya (axborot)larni almashish jarayoni. Jismoniy va ijtimoiy nuqtai nazardan yondoshiladigan kommunikatsiyalar mavjud. Jismoniy nuqtai nazardan yondoshiladigan kommunikatsiya aloqa ham deb ataladi. Aloqa faza joylashgan nuqtalar, qurilmalar yoki kishilar oʻrtasida mos aloqa kanali boʻyicha axborotlarni uzatish jarayonlarini oʻz ichiga oladi. Inson yaratgan texnikaviy tizimlarda quyidagi 4 ta asosiy kommunikatsiya turi bor: "inson-inson", "inson-mashina", "mashina-inson", "mashina-mashina". Texnikaviy darajadagi kommunikatsiya jarayonlarida turli xil sunʼiy tillar (mas, algol, kobol va axborotlarni avtomatik qayta ishlash uchun moʻljallangan boshqa tillar)dan foydalaniladi. Ijtimoiy nuqtai nazardan yondoshiladigan .kommunikatsiya guruh yoki tashqilot ichidagi, butun jamoa ichidagi alohida shaxslar oʻrtasida axborot almashish jarayonini oʻz ichiga oladi. Bunday turdagi kommunikatsiyalar, asosan, tabiiy til yordamida amalga oshiriladi. Yakka kommunikatsiyada inson axborotni aniqlashi va idrok etishi (oʻzlashtirishi) katta ahamiyatga ega. Guruh yoki tashqilot ichidagi kommunikatsiya uchun shu guruh yoki tashkilot aʼzolari orasida munosabatlarning taqsimlanishi, qabul qilingan kommunikatsiya qoidalarining xususiyatlari ahamiyatli; 2) transport, aloqa yoʻllari va shahar xoʻjaligi yer osti tarmoqlari. Shahar xoʻjaligi yer osti tarmoqlariga shaharni suv, elektr energiyasi, issiqlik, gaz bilan taʼminlash uchun yer ostidan oʻtkaziladigan suv quvurlari va kabellar kiradi. Yer osti tarmoqlari koʻcha va maydonlar ostidan oʻtkaziladi. Katta shaharlarda suv quvurlari va kabellar bir umumiy kollektordan oʻtkaziladi, natijada K.ni taʼmirlash vaqtida yoʻllarni qayta buzib-tuzatishga hojat qolmaydi; Z) hayvonlarda birbiri bilan "muloqot qilish"dagi "signalli" usullar majmui. Har bir tur hayvon uchun "oʻziga xos" kommunikatsiya "signallari" boʻladi.
Boshqaruv jarayoniga tizimlar nazariyasi nuqtai-nazaridan qaralganida, uni ma`lum bir tizimni muvozanatda saqlab turish yoki uni sifat jihatidan yangi shaklga keltirish uchun amalga oshiriladigan ta`sirlar yig’indisidir deyish mumkin.Bu ta`sirlarni amalga oshirish uchun boshqaruvchi qism, ya`ni boshqarish sub`ekti boshqariluvchi ob`ekt holati haqida yetarli ma`lumotga ega bo’lishi zarur."Informatsiya" (axborot) atamasi lotincha so’zdan kelib chiqib, biron-bir voqea yoki kimningdir faoliyati haqidagi xabarni anglatadi.Boshqarish jarayonini yetarli va haqqoniy ma`lumotlarsiz amalga oshirish mumkin emas.Boshqaruvchi tizim boshqariluvchi tizimning umumiy faoliyati to’g’risida ma`lumotlar oladi, ular asosida tizim holatiga baho beradi, boshqarishni takomillashtirish bo’yicha ko’rsatmalar ishlab chiqadi va boshqariluvchi tizimga ijro uchun yuboradi. Bundan tashqari tashkilot ochiq ijtimoiy-iqtisodiy tizim sifatida tashqi muhit bilan axborot almashish orqali munosabatlarga kirishadi.
Tashkilot doirasida faoliyat ko’rsatuvchi insonlarni, mehnat taqsimotlari natijasida shakllanuvchi ichki xo’jaliklar (bo’limlar)ni va boshqarish pog’onalarini yaxlit holatga olib keluvchi jarayon kommunikatsiyadir.Klassik ta`rif bo’yicha kommunikatsiya – bu odamlar orasidagi informatsiya almashish jarayonidir.Bunda axborot ikki taraflama yo’nalishda, ya`ni, uzatuvchi va qabul qiluvchilar tomon harakat qiladi.Menejmentda kommunikatsiyalar odamlar, guruhlar (ichki xo’jaliklar), boshqarish pog’onalari hamda tashkilot bilan tashqi muhit orasidagi informatsiya almashish jarayonidir.Boshqaruv jarayonida aloqa shakllarini quyidagi chizma yordamida ifodalash mumkin: Boshqaruvchi jarayoni aloqasi; Tashqi axborot; Teskari aloqasi;
Boshqaruvjarayoni aloqasi.
Murakkab va ko’p qirrali korxona xo’jaligini boshqarish katta hajmdagi birlamchi axborotlarni ko’rib chiqishni talab qiladi.Ularga quyidagi informatsiyalar kiradi: statistik, operativ-hisobot, reja-iqtisodiy, buxgalterlik, moliyaviy, moddiy-texnika ta`minoti, kapital qurilish, texnologik, konstruktorlik va boshqalar.Axborotlar kelib chiqish manbalariga ko’ra tashqi va ichki axborotga ajratiladi.
Tashqi muammolalardan kelib chiquvchi axborotlar tashqi axborot hisoblanadi.Uning tarkibiga qonunlar va me`yoriy hujjatlar, mahsulotga bo’lgan talablar, texnika taraqqiyotiga oid axborotlar, ilg’or korxonalar ish tajribalari va boshqalar kiradi. O’z navbatida tashkilotdan tashqi muhitga ham axborot chiqadi. Bu asosan hissadorlar va davlat muassasalariga hisobotlar, reklama va shunga o’xshash axborotlar.
Ichki axborotga ishlab chiqarish jarayoniga oid, rejaning bajarilishi, sex va uchastkalarning ishlariga, mahsulotning sotilishi va tannarxini kamaytirishga oid axborotlar kiradi.Axborotlar boshqarish jarayoniga o’xshab o’zining hajmi, tarkibi va kelib tushgan vaqti bo’yicha boshqaruv darajasiga bevosita bog’liq bo’ladi.Bu daraja qanchalik yuqori bo’lsa, umumlashgan va ishlov berilgan axborot uchun zarurat shunchalik ko’payib boradi.
Axborotlar shartli o’zgarmaydigan va o’zgaruvchi turlarga bo’linadi. Shartli o’zgarmaydigan axborotlar tarkibiga nisbatan kam o’zgaruvchi axborotlar kiradi.Bular barcha turdagi me`yorlar, reja ko’rsatkichlari va boshqalardir. Bunday axborotlar boshqaruv uchun zarur bo’lgan axborotlarning 60-70 foizini tashkil qiladi.O’zgaruvchi axborotlar murakkab va muhim axborotlardir. Bu turdagi axborotlar ishlab chiqarish va xo’jalik faoliyati jarayonining o’zgarishini aks ettiradi. Bunday axborotlarni to’plash va ularga ishlov berish ancha murakkab jarayondir.
Ishlov berishda iloji boricha tezkorlik zarur, aks holda bunday axborotlar o’zining muhim va kerakli ahamiyatini yo’qotishi mumkin.
Axborotni qanchalik tez, to’liq va o’z vaqtida yetkazilishi uning qiymatini shunchalik oshiradi. Boshqarish amaliyotida ikkilamchi axborotlardan ham foydalaniladi.Bunday axborotlar shartli o’zgarmaydigan va o’zgaruvchi axborotlarga berilgan dastur asosida ishlov berilganligi natijasida yuzaga keladi. Ular boshqaruv jarayonida hamda qarorlar qabul qilish uchun yetuk va muhim axborot hisoblanadi.
Korxonani boshqarish uchun zarur bo’lgan barcha axborotlar majmui axborot tizimini vujudga keltiradi. Boshqaruv va axborot tizimlari boshqaruvning har qanday bosqichida bir butun tizim sifatida faoliyat ko’rsatadi.
Ishlab chiqarish xajmining o`sishi, korxonaning ichki va tashqi aloqalarining kengayishi qaror qabul qilish va buyruq tayyorlashdan oldin inson o’zlashtirishi zarur bo’lgan axborot hajmini va mazmunini juda ko’paytirib yuboradi.Ushbu axborot o’z vaqtida va yetarli darajada yetkazilishi tashkilotning umumiy xo’jalik va boshqaruv faoliyatining samaradorligiga bevosita tahsir etadi. Rahbarlar o’z ish vaqtining 50 foizidan 90 foizigacha bo’lgan qismini kommunikatsiyalarga sarflaydilar.Shu sababdan tashkilotlarda kommunikatsiyalarni to’g’ri va samarali tashkil qilish juda katta ahamiyatga ega.


Yüklə 124,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin