«Kompyuter injiniringi» fakulteti «Kompyuter injiniringi»yo`nalishi


Kommunikatsiya jarayonining elementlari va bosqichlari



Yüklə 124,13 Kb.
səhifə3/7
tarix23.05.2022
ölçüsü124,13 Kb.
#59038
1   2   3   4   5   6   7
AKADEMIK YOZUV 2 SEMESTR MUSTAQIL ISH MAVZU KOMMUNIKATSIYA TUSHUNCHASI

Kommunikatsiya jarayonining elementlari va bosqichlari.
Yuqoridagilardan biz ko’rdikki, kommunikatsiyalar - tashkilotning ichki va tashqi muhitlari elementlarini, boshqarish funksiyalarini, odamlar guruhlarini bir-birlari bilan munosabat o’rnatishga yordam beruvchi bog`lovchi jarayon ekan. Kommunikatsiya jarayonida quyidagi elementlar (tarkibiy qism)lar qatnashadilar:
1. Informatsiya uzatuvchi( informatsiya manbai). Bu odam (rahbar, mutaxassis, oddiy ishchi xodim) guruh (ichki xo’jalik), boshqarish pog’onasi, tashkilotning o’zi, tashqi muhit omillari ko’rinishida bo’lishi mumkin.Turli texnik qurilmalar, inshootlar, jarayonlar, kitoblar va hokazolar ham informatsiya manbaidir.
2. Informatsiya. Tashkilotning ijtimoiy-iqtisodiy ko’rsatkichlari, qarorlari va buyruqlarining mazmuni, loyihalar, hisobotlar, maslahatlar, turli tushunchalar kommunikatsiya jarayonida qatnashuvchi asosiy elementlar (informatsiya birliklari)hisoblanadi.
3. Aloqa vositalari. Informatsiyani bir joydan ikkinchi joyga yetkazuvchi vositalarga xatlar, turli hujjatlar, odamlar, texnik aloqa vositalari(telefon,telegraf va h.k.), kompyuterlarda qo’llaniladigan magnitli informatsiya tashish vositalari kabilarkiradi.

4. Informatsiya qabul qiluvchi. Bunga odamlar, ichki xo’jaliklar, boshqarish pog’onalari, tashkilotlar, tashqi muhit omillari misol bo’la oladi.
Axborot almashishda uzatuvchi(manba) va qabul qiluvchi bir necha bir-biriga bog’liq bosqichlardan o’tadilar.Ularning vazifasi - xabarni ikkala tomon ham tushinib qabul qiladigan ko’rinishda tuzib, unga mos bo’lgan aloqa vositasini tanlash.Bu qiyin vazifa, chunki har bir bosqichda xabarning mazmuni o’zgarishi yoki umuman yo’qolishi mumkin.Kommunikatsiya bog’lovchi jarayon sifatida quyidagi bosqichlardan iborat:
1.Informatsiya (g’oya yoki fikr) ning shakllanishi.Maqsadlar, masalalar va ularni yechish usullari, masalalar orasidagi bog’liqliklar, masalalarni yechish uchun zarur resurslarga talablar, resurslarni masalalar bilan bog’lash (resurslarni masalalar bo’yicha taqsimlash), natijalarni o`lchash va baholash usullari haqidagi bilimlarning shakllanishi

Yüklə 124,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin