«Kompyuter injiniringi» fakulteti «Kompyuter injiniringi»yo`nalishi


Boshqarish jarayonlarini axborot bilan tahminlashni takomillashtirish yo’nalishlari



Yüklə 124,13 Kb.
səhifə6/7
tarix23.05.2022
ölçüsü124,13 Kb.
#59038
1   2   3   4   5   6   7
AKADEMIK YOZUV 2 SEMESTR MUSTAQIL ISH MAVZU KOMMUNIKATSIYA TUSHUNCHASI

Boshqarish jarayonlarini axborot bilan tahminlashni takomillashtirish yo’nalishlari.
Tashkilot faoliyatini umuman olib qaraganda, rahbarlar tashkilotning informatsiya markazi hisoblanadilar.Chunki, ular turli miqdordagi va ko’rinishdagi informatsiyani qabul qiladilar, qayta ishlaydilar, tartiblashtiradilar, saqlaydilar va uzatadilar.Bundan tashqari, ular faqat o’zlari ishlab chiqqan informatsiya (turli qarorlar, loyihalar, maslahatlar va h.k.) orqali tashkilotni boshqaradilar va tashqi muhitga ta`sir ko’rsatadilar.Boshqarish esa munosabatlarga ta`sir etish demakdir. Munosabatlar o’z navbatida asosan informatsiya oqimi orqali o’rnatiladi.
Demak, tashkilot doirasida kommunikatsiyani yo’lga qo’yish har qanday boshqarish ishlari uchun muhim bog’lovchi jarayondir, chunki boshqarish - turli munosabatlarni muvofiqlashtirish va tartiblashtirishdan iborat.
Tashkilot faoliyatining uzluksizligi va bir maromdaligini ta`minlash hamda boshqarish uchun zarur bo’lgan informatsiya tizimini tashkil qilishda iloji boricha birlamchi (ya`ni ishlov berilmagan) axborotlarni kamaytirish, berilgan ma`lumotlarni ko’proq ishlatish, faqat boshqaruv uchun zarur bo’lgan, diqqatga sazovor va qaror qabul qilish uchun kerakli axborotlarni berib borish zarur.
Axborotlarni kamaytirish korxonaning hisoblash markazida saqlanuvchi shartli o’zgarmaydigan axborotlar hisobiga amalga oshirilishi kerak. Axborotlarning kamayishi avvalo shifr va kodlar kiritilishi hisobiga amalga oshiriladi. Shu bilan birga bir xil ma`lumotlar turli axborotlar olish maqsadida bir necha marta takror ishlatilishi mumkin.
Boshqaruv jarayonining ulkan taraqqiyoti axborotlarga qayta ishlov berishda kompyuter texnikasidan keng miqyosda foydalanishdir. Mexanizatsiyalashgan va avtomatlashtirilgan axborot tizimining samaradorligi ularning quyidagi ishlarni bajara olishiga bog’liq:
1. Juda oz vaqt ichida tashkilotning ichki xo’jaliklaridan olingan axborotlarga ishlatish uchun qulay shaklda ishlov bera olish;
2. Avvaldan ma`lum bo’lgan iqtisodiy natijalar bilan birgalikda boshqaruvni asoslash niyatida axborotni imkoniyati boricha kengaytira olish;
3. Axborotlarni tartibga solingan holda jamlay olish va uzoq vaqt saqlay olish;
4. Qaror qabul qilish uchun axborotlarga maromiga yetkazib ishlov bera olish.
Agarda tashkilotlar kompyuter hamda boshqaruv texnikasi bilan jihozlangan axborot boshqaruv markaziga ega bo’lsalar, unda axborotlarga ishlov berish jarayoni quyidagi operatsiyalardan iborat bo’ladi:
Birlamchi axborotni qabul qilish va uni kompyuterga kiritish uchun tayyorlash, axborotlarni kompyuterga kiritish, axborotlarga ishlov berish, ularni chiqarish, axborotni boshqarish uchun kerakli joylarga berish, qabul qilingan qarorlarni aloqa tizimi vositasi bilan boshqariluvchi obyektlarga yetkazish va axborotlarni kelajakda ishlatish uchun qulay ko’rinishda saqlash.
Boshqaruv tizimida qayta ishlangan informatsiyalar natijasini belgilash shakllari muhim ahamiyatga ega.Ular qaror qabul qilish jarayonida inson tushunib etishi uchun qulay bo`lmog`i kerak. Qayta ishlanuvchi axborot hajmining o’sishi va boshqarishning murakkablashishi tabiiy ravishda kompyuterlarni qo’llash zaruriyatini keltirib chiqaradi va bu 
Yüklə 124,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin