Va axborot texnologiyalari 11-sinf toshkent – 2021


-DARS. MOBIL ALOQA TIZIMI



Yüklə 49,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə158/265
tarix02.10.2023
ölçüsü49,29 Mb.
#151515
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   265
Informatika 11-sinf UZ (1)

36-DARS. MOBIL ALOQA TIZIMI
Mobil aloqa texnologiyalari texnologiya olamida ajoyib yutuq sifatida 
baholandi va hozirgi kunda o‘zining xilma-xilligi tufayli foydalanuvchilar 
uchun eng qulay texnologiyalarga aylandi. Mobil telefon birinchi 
marta ishga tushirilganida, asosan, SMS, qo‘ng‘iroq hamda o‘yinlar 
uchun ishlatilgan. Hozirda u raqamli olamga aylanish bilan birga 
cheksiz imkoniyatlari orqali insonlar hayotini har tomonlama 
yengillashtirmoqda. Foydalanuvchi endi o‘z mahsulotlarini mobil texnologiyalar orqali 
osonlikcha sotishi, Internet orqali ma’lumotlar olishi, videoqo‘ng‘iroqlarni amalga oshirishi, 
hatto mobil aloqa texnologiyalari yordamida turli obyektlarni boshqarishi mumkin.
TAYANCH TUSHUNCHALAR


I V BOB. 
MOBIL ALOQA TIZIMI
214
1G
Yili
1970–1984
Tezligi
1,9 kbit/s
Standarti
AMPS, TACS, NMT
Turi
Analog
Xizmatlari
2G
Yili
1991
Tezligi
9,6–384 kbit/s
Standarti
GSM, CDMA, GPRS, EDGE
Turi
Raqamli
Xizmatlari
SMS/MMS
3G
Yili
2001
Tezligi
2–14 Mbit/s
Standarti
UMTS/ HSDPA
Turi
Raqamli
Xizmatlari
SMS/MMS, Internet, 
videoqo‘ng‘iroq, Mobil TV
4G
Yili
2010
Tezligi
100 Mbit/s – 1 Gbit/s
Standarti
LTE, LTE-Advanced
Turi
Raqamli
Xizmatlari
SMS/MMS, Internet, 
videoqo‘ng‘iroq, Mobil TV, 
o‘yin xizmatlari, bulutli 
hisoblash


3-DARS
MOBIL ALOQA TIZIMI
MOBIL ALOQA TIZIMI
215
5G
Yili
2020–2030
Tezligi
3,6 Gbit/s
Standarti
IMT-2020
Turi
Raqamli
Xizmatlari
Internet, 
tezkor xabarlar, 
videoqo‘ng‘iroq, 
Mobil TV HD, 
Mobil TV 3D, 
o‘yin xizmatlari, 
bulutli hisoblash, IoT
1G tarmoqlari. 
Mobil aloqalarning analogli 1-avlodi faqat ovozli aloqalarnigina tashkil etish 
prinsipiga asoslangan bo‘lib, telefon aloqalar va ayrim tayanch xizmatlar uchun ishlatilgan. 1G 
tarmoqlari NMT, AMPS va TACS standartlari asosida ishlab chiqilgan.
2G tarmoqlari.
2G tizimlari ovozni analog tarzda emas, balki raqamli ko‘rinishda uzatadi 
va qisqa xabar (SMS)ni qabul qiladi. 2G tarmoqlari bir-biri bilan bog‘lanib, telefonga 
boshqa tarmoqlardan foydalanish imkonini berdi. 2G tarmoqlari GSM, CDMA, GPRS, EDGE 
standartlari asosida ishlaydi.
3G tarmoqlari.
3G tizimlari so‘z, rasm, video uzatish, multimedialarni yuqori sifatli darajada 
uzatish, Internetdan foydalanish, onlayn o‘yinlar hamda mobil telefon va kompyuterlar 
o‘rtasida ma’lumotlar almashishni ta’minlaydi. 3G tarmoqlari UMTS, HSDPA standartlariga 
asoslangan bo‘lib, 3,6 Mbit/s gacha tezlikda ishlay oladi. 
4G tarmoqlari.
4G standarti katta hajmli ma’lumotlarni uzata oladi, multimediani qo‘llab-
quvvatlaydi va sekundiga 100 megabit tezlikkacha bo‘lgan IPga yo‘naltirilgan tarmoq. Mobil 
aloqalarning to‘rtinchi avlodiga LTE (3GPP Long Term Evolution), LTE-Advanced standartlari 
kiradi. 4G standarti amalda 1 Gbit/s gacha tezlikda ishlay oladi. 4G standarti yagona 
standartga asoslangan bo‘lib, Internet tarmog‘i uning asosini tashkil etadi.

Yüklə 49,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   265




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin