Va axborot texnologiyalari 11-sinf toshkent – 2021


-dars. TARMOQ XAVFSIZLIGI VA AXBOROTNI



Yüklə 49,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə208/265
tarix02.10.2023
ölçüsü49,29 Mb.
#151515
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   265
Informatika 11-sinf UZ (1)

57-dars. TARMOQ XAVFSIZLIGI VA AXBOROTNI 
XAVFSIZLANTIRISH DASTURLARI
1. Tarmoq xavfsizligi deganda nimani tushunasiz?
2. Tarmoq foydalanuvchilari uchun qanday xavflar mavjud deb hisoblaysiz?
TAYANCH TUSHUNCHALAR
Tarmoq xavfsizligi
– tarmoq va unga ulangan 
qurilmalarga ruxsatsiz kirish, odatiy faoliyatga 
tasodifan yoki qasddan aralashish yoki 
o‘zgartirish, uning tarkibiy qismlarini yo‘q qilishga 
urinishdan himoya qilish usul va vositalari.
Tarmoqqa ruxsatsiz kirish
– boshqa 
foydalanuvchi ma’lumotlari yordamida yoki 
turli noqonuniy usullardan foydalangan holda 
tarmoqqa kirish huquqini qo‘lga kiritish.


I BOB. 
MA’LUMOTLAR BAZASI VA MBBT HAQIDA TUSHUNCHA
277
qaratish lozim. 
Tarmoq xavsizligini ta’minlash maqsadida qo‘llaniladigan usul va vositalar xavf-xatarni 
tez aniqlashi va unga nisbatan qarshi chora ko‘rishi zarur. 
Tarmoq xavfsizligiga tahdidning turlari ko‘p bo‘lib, ular bir necha toifalarga bo‘linadi:
Axborotni uzatish jarayonida eshitish va o‘zgartirish hujumi
 
orqali telefon aloqa liniyalari, 
Internet orqali tezkor xabar almashish, videokonferensiya va faks jo‘natmalari orqali amalga 
oshiriladigan axborot almashinuvida foydalanuvchilarga sezdirmagan holda axborotni 
tinglash, o‘zgartirish va to‘sib qo‘yish mumkin. 
Xizmat ko‘rsatishdan voz kechish
hujumini
amalga oshirishdan avval obyektning tarmoq 
hujumlariga qarshi qo‘llanilgan himoya vositalari to‘liq o‘rganilib chiqiladi va tekshiruv 
natijalariga asoslanib, maxsus dastur yoziladi. Yaratilgan dastur serverlarga, serverlar esa o‘z 
bazasidagi ro‘yxatdan o‘tgan minglab, hatto millionlab foydalanuvchilarga yuboradi va ular 
dasturni o‘rnatadi. Dastur belgilangan vaqtda barcha kompyuterlarda faollashadi va to‘xtovsiz 
ravishda hujum qilinishi mo‘ljallangan obyektning serveriga so‘rovlar yuboradi. Server tinimsiz 
kelayotgan so‘rovlarga javob berish bilan ovora bo‘lib, asosiy ish faoliyatini yurita olmaydi. 
Natijada, server xizmat qilishdan voz kechishga majbur bo‘ladi.
Portlarni tekshirish hujumi
, odatda, tarmoq xizmatini ko‘rsatuvchi kompyuterlarga nisbatan 
ko‘p qo‘llanadi. Tarmoq xavfsizligini ta’minlash uchun ko‘proq virtual portlarga e’tibor qaratish 
lozim. Chunki portlar ma’lumotlarni kanal orqali tashuvchi vosita hisoblanadi.
Tarmoq xavfsizligi mijozlarning ma’lumot va axborotlarini himoya qilish, ular umumiy 
xavfsizligini ta’minlash, tarmoqqa ishonchli kirish hamda ishlashni ta’minlash, shuningdek, 
kiber tahdidlardan himoya qilish uchun muhim ahamiyatga ega. Tarmoq orqali ma’lumot 
almashish davomida yuborilayotgan axborotni eshitish va o‘zgartirishga qarshi 
samarali natija beruvchi bir nechta texnologiyalar mavjud: IPSec (ingl. 
Internet protocol 
security
) protokoli; VPN (ingl. 
Virtual Private Network
) – virtual xususiy tarmoq; IDS (ingl. 
Intrusion Detection System
) –ruxsatsiz kirishlarni aniqlash tizimi.
Demak, tarmoq xavfsizligini ta’minlashda foydalanish mumkin bo‘lgan texnologiyalar bilan 
tanishib chiqamiz.

Yüklə 49,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   265




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin