Va axborot texnologiyalari 11-sinf toshkent – 2021


I BOB.  MA’LUMOTLAR BAZASI VA MBBT HAQIDA TUSHUNCHA



Yüklə 49,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə213/265
tarix02.10.2023
ölçüsü49,29 Mb.
#151515
1   ...   209   210   211   212   213   214   215   216   ...   265
Informatika 11-sinf UZ (1)

I BOB. 
MA’LUMOTLAR BAZASI VA MBBT HAQIDA TUSHUNCHA
282
Tashqi xotira qurilmasida zaxira nusxalarini yaratish
Tashqi USB-xotira qurilmasi va birlashtirilgan zaxira 
funksiyalaridan foydalanib, to‘g‘ridan to‘g‘ri shu 
qurilmaning o‘zida zaxira nusxasini yaratish mumkin. 
Zaxiralash yoki nusxalash uchun Windows 8/10 
operatsion tizimlarida “Back up using File History” 
(Резервное копирование с использованием 
история файлов), Mac qurilmalarida esa “Time 
Machine” funksiyasidan foydalaniladi.
Buning uchun kompyuterda zaxira funksiyasini 
faollashtirish va tez-tez tashqi xotira qurilmasini 
kompyuterga ulash kerak bo‘ladi.
Afzalligi 
– yuqori tezlik.
Kamchiligi.
Agar zaxira nusxa saqlanayotgan tashqi 
qurilma yo‘qolsa yoki zarar ko‘rsa, nusxalangan barcha 
ma’lumotlar yo‘q bo‘lib ketadi, ya’ni qayta tiklashning 
imkoni bo‘lmaydi.
2. Internet xizmatlari yordamida zaxira nusxalarini yaratish
Fayllar xavfsizligini ta’minlashning yana bir yo‘li bu 
Backblaze, Carbonite va Mozy kabi serverlar yordamida 
ularning zaxira nusxalarini yaratishdir. Bu dasturlar fonda 
avtomatik tarzda fayllar nusxalarini yaratadi. Agar fayllar 
yo‘qolsa, ularni xohlagan vaqtda tiklash mumkin.
Afzalligi.
Onlayn rejimda amalga oshirilgan zaxira fayllar 
yuz berishi mumkin har qanday xavfdan holi bo‘ladi.
Kamchiligi.
Serverlar xizmatlaridan foydalanish to‘lovli. 
Katta hajmdagi ma’lumotlar nusxasini yaratish uchun 
(tashqi xotira qurilmasiga ketgan vaqtga nisbatan) 
ko‘proq vaqt talab qilinadi.
ma’lumotlarning zaxira nusxasi maxsus dasturlar yordamida yaratiladi. Shuningdek, 
operatsion tizim, unga o‘rnatilgan dasturlar hamda tizim sozlamalarining zaxira nusxalarini 
ham yaratish mumkin. Ma’lumotlarni zaxiralashning ko‘p usullari mavjud bo‘lib, ularning har 
biri o‘ziga xos afzallik va kamchiliklarga ega.



Yüklə 49,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   209   210   211   212   213   214   215   216   ...   265




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin