I BOB.
MA’LUMOTLAR BAZASI VA MBBT HAQIDA TUSHUNCHA
325
66-dars. ELEKTRON TIJORAT VA ELEKTRON
TO‘LOV TIZIMLARI
TAYANCH TUSHUNCHALAR
Elektron tijorat
(ingl.
e-commerce
– elektron savdo) – savdo-sotiq
amaliyotlarini Internet orqali
tashkil
etish.
Internet texnologiyalari keng qo‘llaniladigan sohalardan biri tovar va xizmatlar savdosining
barcha turlarini o‘zida qamrab olgan elektron
tijoratdir. Elektron tijorat tushunchasi (ingl.
Elektronic Data Interchange
– EDI) –
ma’lumotlarni elektron almashish, elektron
pochta, Internet, intranet (kompaniya
ichida
axborot almashish) va ekstranet (tashqi dunyo
bilan axborot almashish) kabi texnologiyalarni
o‘z ichiga oladi. Elektron tijoratning an’anaviy
savdo turlaridan farqi quyidagilardan iborat:
– xaridor uchun о‘ziga
qulay vaqt, joy va tezlikda mahsulotni tanlash, sotib olish
imkoniyati;
–savdo-sotiq faoliyatining boshqa
faoliyatlarga xalal bermasligi, ya’ni parallel ravishda olib
borish imkoniyati;
–kо‘p sonli xaridorlarning bir vaqtning о‘zida bir nechta firmaga murojaat qila olish
imkoniyati;
–zarur
mahsulotlarni tez izlab topish, izlangan mahsulotlar mavjud korxonalarga murojaat
qilishda texnika va transport vositalaridan samarali foydalanish imkoniyati;
– hozirda mavjud jahon standartlariga javob beradigan mahsulotlarni tanlash va sotish
imkoniyati;
– elektron tijoratda savdoni tashkil qilish korxonalarning raqobatini kuchaytiradi,
monopoliyadan chiqaradi va mahsulotlarning sifatini oshirish imkoniyatini beradi;
–xaridorning
yashash joyi, sog‘lig‘i va moddiy ta’minlanish darajasidan qat’i nazar hamma
qatori, teng huquqli mahsulot sotib olish imkoniyati.
Elektron tijorat
axborot tizimlaridan foydalangan holda tuziladigan shartnomaga muvofiq
amalga oshiriladigan tovar (ish, xizmat)lar oldi-sotdisi hisoblanadi. Quyidagilar
elektron tijorat
tizimining eng keng tarqalgan toifalari hisoblanadi:
biznes-iste’molchi.
Chakana savdo (Internet orqali amalga oshiriladi, masalan,
tovarlarni Amazon.com, ebay.com orqali sotish).
biznes-biznes.
Biznes hamkor bilan savdo aloqlar o‘rnatish (masalan, smartfon
ishlab chiqaruvchi tovarlarini sotish uchun ulgurji sotuvchilardan foydalanadi).
iste’molchi-iste’molchi.
Iste’molchilar o‘rtasidagi savdo (masalan, gazeta yoki
jurnallarda ma’lum bir mahsulotni sotish haqidagi reklama).
B2C
B2B
C2C