Va axborot texnologiyalari 11-sinf toshkent – 2021



Yüklə 49,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə72/265
tarix02.10.2023
ölçüsü49,29 Mb.
#151515
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   265
Informatika 11-sinf UZ (1)

So‘z vektorlari 
– ma’lumotda qo‘llanilayotgan so‘zlarni ma'no jihatidan vektorli 
guruhlarga bo‘lish orqali undan foydalanish jarayoni.
Wordnet integratsiyasi
– ingliz tilidagi so‘zlar birikmalaridan tashkil topgan ma’lumotlar 
bazasi. U foydalanuvchiga so‘z birikmalarining o‘zgarmas ma’nosini taqdim etadi.
15-dars. PYTHONDA TABIIY TILNI QAYTA 
ISHLASH TEXNOLOGIYASI
TAYANCH TUSHUNCHALAR


15-DARS
 PYTHONDA TABIIY TILNI QAYTA ISHLASH TEXNOLOGIYASI
 PYTHONDA TABIIY TILNI QAYTA ISHLASH TEXNOLOGIYASI
101
Dastlabki TTQI dasturi 1950-yillarda yaratilgan bo‘lib, dastur 60 ga yaqin so‘zlardan 
iborat jumlalarni rus tilidan ingliz tiliga avtomatik tarzda tarjima qilish imkoniyatiga ega 
bo‘lgan. Shundan so‘ng ko‘plab nazariyalar yaratildi va sun’iy intellekt bilan birgalikda TTQI 
texnologiyasi rivojlanib bordi. Ammo TTQI dasturlarini yaratish talay qiyinchiliklarni keltirib 
chiqardi. Masalan, bir so‘zning turli holatlarda turlicha talqin qilinishi (ot–jonivor, ot–
fe’
l) 
yoki gap ma’
nosining vaziyatga qarab o‘zgarishi (gulxanning yonishi, lampaning yonishi) 
yaratilayotgan dastur natijalarida xatoliklar kelib chiqishiga sababchi bo‘lgan. Bugungi kunda 
TTQI texnologiyasi Google tarjimon, Yandex tarjimon, Amozon Assistant, Internet qidiruv 
tizimlari (Google, Yandex), humanoid robotlari, harbiy texnika va boshqalarda samarali 
qo‘llanilmoqda.
Tabiiy tilni qayta ishlash komponentlari (tarkibiy qismlari)
Leksik tahlil.
Leksik tahlil matnning butun qismini paragraf, jumla va so‘zlarga ajratadi. 
O‘rganilayotgan matnning kichik qismlarga ajratilishi uning tuzilishini aniqlash va tahlil 
qilish imkoniyatini beradi. Bu orqali dastur so‘zlarni shakl va ma‘no jihatidan o‘rganadi. 
Tahlil qilingan matn qayta ishlanishi natijasida inson tushunishi mumkin bo‘lgan holda 
foydalanuvchiga taqdim etiladi. Masalan, TTQI dasturi o‘rnatilgan robotga biror buyruq 
berilsa, u buyruqni matn holatiga o‘tkazadi, leksik jihatdan tahlil qiladi va unga ma‘lum bir 
javobni beradi. Dastlabki tahlilning to‘g‘riligi esa robot tomonidan qaytariladigan javobning 
tushunarli bo‘lishini ta’minlaydi.

Yüklə 49,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   265




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin