Va axborot texnologiyalari 11-sinf toshkent – 2021


-DARS KOMPYUTER TARMOQLARI TUSHUNCHASI VA TURLARI



Yüklə 49,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə99/265
tarix02.10.2023
ölçüsü49,29 Mb.
#151515
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   265
Informatika 11-sinf UZ (1)

19-DARS
KOMPYUTER TARMOQLARI TUSHUNCHASI VA TURLARI
KOMPYUTER TARMOQLARI TUSHUNCHASI VA TURLARI
135
WAN
(Wide Area Network – mintaqaviy tarmoq) – keng masshtabli maxsus qurilma 
va dasturlar bilan ta’minlangan alohida tarmoqlarni birlashtiruvchi yirik tarmoq. Tarmoq 
mamlakat, shahar va viloyatlar darajasidagi kompyuterlarni hamda lokal tarmoqlarni maxsus 
aloqa yoki telekommunikatsiya kanallari orqali o‘zaro bog‘lashi mumkin. 
Bunday tarmoqda bir nechta markazlashgan (ya’ni lokal tarmoqlarni birlashtiruvchi) o‘ta 
quvvatli serverlar mavjud bo‘lib, axborot serverlar o‘rtasida optik tolali aloqa kabeli yoki sun’iy 
yo‘ldosh radioaloqa kanallari yordamida uzatiladi.
WWAN
(Wireless Wide Area Network – simsiz mintaqaviy tarmoq) – simsiz keng masshtabli 
tarmoq. Tarmoq lokal tarmoqdan farqli ravishda axborot uzatishda mobil aloqalar simsiz 
texnologiyalarining barchasini qo‘llaydi. WWAN foydalanuvchiga noutbuk hamda WWAN 
adapteri yordamida butun jahon o‘rgimchak to‘ri va elektron pochtasidan foydalanish, simsiz 
aloqa orqali ulangan turli mintaqa ixtiyoriy nuqtasidagi tarmoq virtual qismi (VPN)ga ulanish 
imkoniyatini beradi. 
GAN
(Global Area Network – global mintaqaviy tarmoq) – cheksiz geografik hududni qamrab 
oluvchi, turli xil o‘zaro bog‘liq tarmoqlardan tashkil topgan tarmoq. Global tarmoq atamasi 
Internet atamasining sinonimidir. U sun’iy yo‘ldosh yoki magistral (dengiz osti kabellari) orqali 
amalga oshiriladigan WAN tarmog‘i hisoblanadi.
Internet dunyodagi eng katta tarmoq hisoblanadi. Qiziq tomoni shundaki, unga hech 
kim egalik qilmaydi, shu bilan birga, unga kо‘pchilik egalik qiladi. 
Agar Internetni bir butun deb hisoblaydigan bo‘lsak, unga hech kim egalik qila olmaydi. 
Agar uning kichik qismlardan iborat ekanligini hisobga oladigan bo‘lsak, u holda qismlar 
har birining egasi mavjud. Mana shu nuqtayi nazardan olib qaraganda, ko‘plab odamlar 
va tashkilotlar Internetga egalik qiladi, deb aytish mumkin.
polosali ulanish imkoniyatini beradi. Tarmoqda ma’lumotlar 50 km masofali radiusgacha 
uzatilishi mumkin. WMAN tarmog‘i xususiy va ommaviy tarmoq (kabel televideniyesi) bo‘lib, 
ma’lumotlarni uzatish tezligi 50 Mb/s dan ziyodni tashkil etadi. 

Yüklə 49,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   265




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin