Va axborot texnologiyalari 11-sinf toshkent – 2021


BU QIZIQ! I I I BOB



Yüklə 49,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə100/265
tarix02.10.2023
ölçüsü49,29 Mb.
#151515
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   265
Informatika 11-sinf UZ (1)

BU QIZIQ!


I I I BOB. 
KOMPYUTER TARMOQLARI TUSHUNCHASI VA TURLARI
136
World Wide Web
(WWW) – Internet orqali kirish mumkin bo‘lgan veb-saytlar.
Intranet
– korxonaning ichki tarmog‘i bо‘lib, korxona hayoti to‘g‘risida ma‘lumot 
beruvchi veb-sayt, ma‘lumotnoma va boshqalardan tarkib topgan.
Shifr 
– ma’lumotlarni kodlash texnologiyasi.
Autentifikatsiya
(ing. Authentication) – kim yoki nimaning haqiqiyligini tekshirish 
jarayoni.
Internet Protocol 
(IP) – umumiy tarmoq (Internet) orqali ma’lumotlarni yetkazib 
berishni belgilaydigan qoidalar to‘plami.
Intranet
– veb-saytga asoslangan xususiy tarmoq. U faqat tashkilot xodimlariga taqdim 
etiladi. Intranet tarmoqdagi ma’lumotlar va ma’lumotlarni almashish uchun Internet 
protokollaridan foydalangan holda ishlaydi. Soddaroq aytganda, intranet xususiy Internetga 
o‘xshaydi. Ko‘pincha kompaniya 
Intranetidan
boshqalar bilishi lozim bo‘lmagan kompaniya 
xodimlari ma’lu-
motlari (masalan, xodimlarning aloqa ma’lumotlari va taqvimlari) joy oladi. 
Intranet, shuningdek, kompaniyaning muhim aloqa vositasi hisoblanadi, chunki u barcha 
xodimlarga birgalikda ishlash, ma’lumot topish, kontent yaratish, vazifalarni tez va oson alma-
shish imkoniyatini beradi. Intranet hamkorlikdagi veb-sayt va aloqa kanali vazifasini bajaradi. 
INTERNET, INTRANET, VPN
Internet 
– butun dunyo bo‘ylab bir-biriga ulangan, bir-biri bilan aloqa qiluvchi millionlab kom-
pyuterlari mavjud ulkan tarmoqlar tarmog‘i. Tuzilishiga ko‘ra Internet markazlashtirilmagan, 
ya’ni uni yagona markaziy hokimiyat boshqarmaydi. Har bir kompyuter yoki xost mustaqil 
bo‘lib, xost egasi yoki operatori qaysi Internet xizmatlaridan foydalanish, ommaga qaysi 
mahalliy xizmatlarni taqdim etishni o‘zi tanlashi mumkin.
Internetning o‘zi hamma uchun ochiq, lekin u Internet orqali ma’lumot olishning oddiy usuli 
bo‘lmish World Wide Web (WWW) emas. Internetga kirishni, odatda, Internet-provayderlar 
ta’minlaydi.

Yüklə 49,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   265




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin