Va axborot texnologiyalari 11-sinf toshkent – 2021



Yüklə 49,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə120/265
tarix02.10.2023
ölçüsü49,29 Mb.
#151515
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   265
Informatika 11-sinf UZ (1)

Tarmoq dasturlari
Kompyuter tarmoqlarini loyihalashtirish, tashkil qilish va foydalanishni qo‘llab-quvvvatlashga 
qaratilgan qator dasturlar tarmoq dasturiy ta’minotiga kiradi. Odatda, operatsion tizimlarda 
tarmoq bilan ishlovchi tarmoq dasturiy ta’minoti alohida o‘rnatilgan bo‘ladi. U tarmoq admi-
nistratorlariga tarmoqning ichki ishlash mexanizmini tushunish imkonini beradi hamda 
tarmoqni boshqarish va nazorat qilishda yordam beradi. Shuningdek, shaxsiy kompyuter, 
noutbuk, planshet, mobil telefon kabi qurilmalarga o‘zaro bir-biriga hamda boshqa 
tarmoqlarga ulanish imkoniyatini beradi. 
Tarmoq dasturiy ta’minoti va tarmoq dasturlari o‘rtasidagi farqni tushunish muhim 


I I I BOB. 
TARMOQ QURILMALARI
162
ahamiyatga ega. Tarmoq dasturiy ta’minotidan, asosan, tarmoq administratorlari foydalanadi, 
tarmoq dasturlari esa tarmoq ichida ishlaydigan foydalanuvchilarga turli amaliy vazifalarni hal 
etish imkonini beradi.
Agar tashkil etilayotgan tarmoqda server mavjud bo‘lsa, unga server operatsion tizimini 
o‘rnatish lozim. Ehtiyojdan kelib chiqqan holda, turli server operatsion tizimlari ichidan birini 
tanlash mumkin. Qurilmalarni boshqarishga mo‘ljallangan dastur tarmoq administratoriga 
tarmoqqa ulangan barcha qurilmalar ishini nazorat qilish va boshqarish imkonini beradi.
Tarmoq dasturiy ta’minotining asosiy vazifalari:
– kompyuter tarmoqlarini tashkil etish va ishga tushirish;
– tarmoqdan foydalanuvchilarni qo‘shish yoki chiqarish; 
– tarmoq administratoriga ma’lumotlarning tarqalib ketishi, ruxsatsiz foydalanilishi va tar-
moqqa bo‘ladigan hujumlardan himoya qilishda yordam beradi;
– tarmoq administratoriga ma’lumotlarni saqlash joylarini tashkil qilish, foydalanuvchilarga 
esa ushbu ma’lumotlardan foydalanish imkonini beradi.

Yüklə 49,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   265




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin