Va axborot texnologiyalari 11-sinf toshkent – 2021



Yüklə 49,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə128/265
tarix02.10.2023
ölçüsü49,29 Mb.
#151515
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   265
Informatika 11-sinf UZ (1)

IP
(Internet Protocol) manzil – tarmoq har bir tugunini yagona identifikatsiyalash uchun 
ishlatilishi mumkin bo‘lgan yagona manzil.
Internet protokoli
(Internet Protocol – IP) – ma’lumotlarni Internet orqali yetkazib 
berishni belgilaydigan qoidalar to‘plami. Ko‘pincha Internet orqali samarali tashish 
uchun trafikni paketlarga ajratadigan TCP (transmission control protocol – uzatishni 
boshqarish protokoli) bilan birgalikda ishlaydi, Ular birgalikda TCP / IP deb nomlanadi.
27–28-darslar. TARMOQLARNING ISHLASH 
PRINSIPI. IP-MANZILLASH
TAYANCH TUSHUNCHALAR


3-DARS
TARMOQLARNING ISHLASH PRINSIPI. IP-MANZILLASH
TARMOQLARNING ISHLASH PRINSIPI. IP-MANZILLASH
173
Misol sifatida quyidagini keltirishimiz mumkin:
11000000 00000000 00000010 00100000.
Ushbu sonni to‘rtta 8 bitli blokka ajratamiz va ularning o‘nlik sanoq sistemasidagi qiymatini 
hisoblaymiz:
11000000=192; 00000000=0; 00000010=10; 00100000=32. 
Demak, o‘nlik sanoq sistemasida ushbu raqamli manzil quyidagiga teng bo‘ladi:
IPV4 manzil
kompyuterning tarmoqdagi raqamlar bilan ifodalangan yagona manzili nomi 
bo‘lib, 4 bayt uzunlikka ega. Har bir bayt nuqta bilan o‘zaro ajratib yoziladi.
Demak, manzilda ko‘rsatilgan 1- va 2-baytlar (192.0) tarmoq manzilini, 3-bayt (10) qism 
tarmoqni, to‘rtinchisi (32) esa qism tarmoqdagi kompyuter manzili (shu IP manzil tayinlangan 
kompyuter raqami)ni beradi. 
Raqamli manzil (192.0.10.32/27) kо‘rinishda berilishi ham mumkin. U holda slesh (/) 
belgisidan keyin yozilgan 27 soni qism tarmoq maskasidagi birliklar sonini anglatadi: 
11111111.11111111.11111111.11100000 
(27 ta 1 soni va 5 ta 0 soni), buni о‘nlik sanoq sistemasiga о‘tkazadigan bo‘lsak, 
255.255.255.224 ga teng bо‘ladi, ya’ni 27 soni qism tarmoq maska manzili 255.255.255.224 
ekanligini bildiradi.
Ko‘p qurilmalar bilan Internetga ulanishda 32-bitli IP-manzil yetarli bo‘lmaydi, chunki u 
4,3(4 294 967 296) mlrd dan kam yagona manzillarni taklif qiladi. Bunday hollarda IP-
manzilning 128 bitli 6-versiyasi (qisqacha IPV6) qo‘llaniladi. 
IPv6 ipv4 dan farqli ravishda keng imkoniyatga ega bо‘lib, 128 bitdan tashkil topgan. 
IPv6 manzili ikki nuqta bilan ajratilgan o‘n oltilik raqamlarning sakkizta guruhi bilan 
ifodalanadi: 
2001: CDBA: 0000: 0000: 0000: 0000: 3257: 9652.
192 . 0 . 10 . 32
11000000 . 00000000 . 00000010 . 00100000
1 bayt = 8 bit
4 bayt = 4 * 8 = 32 bit



Yüklə 49,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   265




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin